"DASTGOHLI RANGTASVIR" KAFEDRASI

KAFEDRA MUDIRI : Sagatov Abdumajid Abdumavlanovich

1985-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Qabul vaqti: Dushanbadan shanbagacha, soat 11:00 – 17:00 gacha.

Telefon raqami: (90) 189-84-73

MEHNAT FAOLIYATI:

2003-2009 yillar – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi (bakalavr, magistr);

2009-2015 yillar – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi o’qituvchisi;

2016-2022 yillar – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi dotsenti;

2022-y. – h.v. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgohli rangtasvir kafedrasi mudiri.

KAFEDRA HAQIDA

1954-yilda Teatr san’ati instituti qoshida ochilgan Tasviriy san’at oliy badiiy ta’limi mamlakatimiz tasviriy san’ati rivojida muhim omil bo‘ldi va yillar mobaynida nafaqat mamlakatimiz, balki O‘rta Osiyo Respublikalari uchun mutaxassislar tayyorlash vazifasini mas’uliyat bilan bajarib keldi. Oliy badiiy ta’limni yo‘lga qo‘yishni mashhur rassomlar R.A.Ahmedov, O.Tatevosyanlar boshlab berdilar. Ushbu fakultetni tashkil etilish jihati I.E.Repin institutining mamlakatimiz uchun tayyorlagan bitiruvchilari bilan ham bog‘liq edi. Ular 1953 yilda bitirgan bo‘lsalar, 1954-yilda badiiy oliy ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Rangtasvir kafedrasi boshqa kafedralar ochilishiga sabab bo‘ldi va yadrosi xisoblandi. Birinchi qabul 1954-yil bo‘lib, O.K.Tatevosyan yangi yosh kadrlardan endigina Leningrad I.E Repin institutini tamomlagan R.A Axmedovlar boshlab berganlar. Dastlab birinchi kursga 22 talaba qabul qilindi va 1960-yil birinchi bitiruv bo‘lib o‘tdi. 1956-yil rangtasvir guruxi ikkiga – dastgohli va teatr bezagi ixtisosliklariga ajratildi.  

Birinchi pedagoglardan kafedra mudiri O.K.Tatevosyan, R.A.Axmedovlar va o’sha yillar V.A.Riftin dars berishgan.1955-yili institutga T.A.Oganesov, Yelizarov. M.Shirovskiy – ( anatomiyadan) dars berish uchun taklif qilindi. 1956-yili institutga taklif qilindi B.I.Urmanchi, V.S.Podgurskiy, A.A.Gadetskiy, kafedraga Dudnik raxbarlik qildi. 1957-yil A.A Krivonos taklif qilingan. 1958-yili kafedraga I.E.Repin institutini tamomlagan kadrlar qabul qilindi, bular N.M.Kuzibaev va V.P.Zelikov. 1959-yili kafedraga V.I.Ufimsev, P.P.Chelishev, T.P.Reshitnekova, I.Ya.Valdenberg va M.A.Saidovlar taklif etildi. 1960-yili Xarkov institutini tamomlagan V.M.Kovinin kafedraga qabul qilindi.

1961-yili rangtasvir kafedrasi mustaqil xayot boshlaydi. Uni birinchi kafedra mudiri bo‘lib dosent v/b R.A.Axmedov saylandi, keyinchalik M.A.Saidov va N.M.Kuzibaev kafedra mudiri bo‘lishgan. Kafedrada ishlaganlar A.A.Godetskiy, V.A.Riftin, Ch.G.Axmarov, A.A.Goldrey, P.A.Yurovskiy, P.P.Masexa, K.Saloxitdinov, T.P.Reshetnikova, B.Shupak, V.P.Sasedov, V.I.Jmakin, Vizel, A.P.Perov, Nichaev, G.V.Moiseev, V.L.Jdanov. Shu yerda o‘zini pedagoglik faoliyatini yangi institutni bitiruvchilaridan Pak N.S., Limakov I.N., Babaev B.M., Baxramov I.B, Zar’kin Yu.I Kafedraga I.E Repin institutini yangigina tamomlab kelgan kadrlar qo‘shilishdi, bular: 1976 yil M.N.Nuriddinov, S.A.Abdullaev, 1977 yil G‘.A.Artiqoov, 1979-yil S.G.Raxmetov. O‘zimizni institutni tamomlaganlardan 1977-yil R.Z.Rizomuxamedov, keyinchalik qo‘shilishdi, M.E.Toshmurodov, J.Raxmanov. R.A.Axmedov o‘ziga asstent qilib A.T.Ikromdjonovni taklif qildi. 1991 yildan to 1996 yilgacha G‘.A.Artiqov kafedra mudiri bo‘ldi. Keyin S.A.Abdullaev kafedraga raxbarlik qildi. M.Nuriddinov bir yil kafedra mudiri lavozimida o‘tirdi, keyin bir necha yil B.M.Babaev kafedraga raxbarlik qildi, keyin yana S.A.Abdullaev kafedraga mudir bo‘ldi, keyin I.Yusupov ikki yil kafedra mudiri bo‘ldi va M.Irgashevga topshirdi. 2012-yil M.Irgashev Dastgohli rangtasvir kafedrasi mudirligi lavozimini 2002-yil Italiyadagi A.Galli nomidagi Italiya nafis san’ati Badiiy Akademiyasida tahsil olib imtiyozli tamomlab qaytib 10 yil davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida pedagoglik faoliyatini yuritgan E.Xaitovga topshirdi. 2019-yil 6-noyabrdan 2020-yil 24-sentyabrgacha Dastgohli rangtasvir kafedrasi mudiri vazifasini Q.Ajimetov bajardi. Hozirgi kunda A.Sagatov kafedraga sidqidildan rahbarlik qilib kelmoqda.

Dastgohli rangtasvir kafedrasi – Ta’limning dastgohli rangtasvirdan boshlanishi mamlakatimizning rassomlik bilim yurtlari va mazkur institut uchun ham rangtasvir va chizmatasvir fanlaridan o‘qituvchilar yetkazib berish maqsadi ko‘zlangan edi. Ochilgan rangtasvir bo‘limiga 22 talaba tanlab olindi. Bir vaqtning o‘zida kafedra tashkil etildi va uning birinchi rahbari sifatida professor O.K.Tatevosyan tasdiqlandi. Ushbu kafedraning e’tiborli jihati taniqli rassomlar rahbarligidagi personal ustaxonalar tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu an’ana hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Hozirda kafedrada 27 ta taniqli pedagog rassomlar foliyat yuritib kelishmoqda. Shulardan, A.V.Nuridinov (Akmal Nur) – O‘zbekiston Badaiiy Akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, Davlat mukofoti laureati, Fidokorona hizmatlari uchun ordeni sohibi, akademik, professor; Y.Tursunnazarov – O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Davlat mukofoti lauriati, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; S.A.Abdullaev – O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; J.Yu.Umarbekov – O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; A.T.Mirzaev – O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; A.T.Ikromjonov – O‘zbekiston halq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; S.G‘.Raxmetov – O‘zbekiston halq rassomi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor; M.N.Nuritdinov – O‘zbekiston halq rassomi, professor. M.E.Toshmurodov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, professor. G‘.A. Artiqov – O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan “Yoshlar murabbiysi”, professor; Z.Faxrutdinov – Mehnat Shuxrat ordeni soxibi, “Turon” Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, professor; F.Axmadaliev – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, Do‘stlik ordeni sohibi, professor, talabalarga tasviriy san’at sirlaridan saboq berib kelmoqdalar. Dastgohli rangtasvir va professional ta’lim Dastgohli rangtasvir yo‘nalishida tahsil olib tugatgan talabalar kelajakda bo‘lajak professional rassom, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha pedagog-o‘qituvchilar bo‘lib yetishib chiqishi ko‘zda tutilgan.

KAFERDA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI

Dastgohli rangtasviri kafedrasi bakalavr bosqichi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari to‘g‘risida

BAKALAVR

– Rangtasvir (dastgohli) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

– Professional ta’lim; rangtasvir (dastgohli) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

 

– Kasb ta’limi; (5150800 – rangtasvir (dastgohli) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

 

MAGISTRATURA

 

    • Rangtasvir (dastgohli) magistratura mutahasisligi
    • Rangtasvir:  zamonaviy milliy rangtasvir magistratura mutahasisligi

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

 

Bakalavriyat

    • Chizmatasvir
    • Rangtasvir
    • Kompozitsiya
    • Rangshunoslik  va kompozitsiya asoslari
    • Rangtasvirni o’qitish metodikasi
    • Materialshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi
    • Ashyoda  ishlash
    • Jonli odam qomatidan  anatomik chizmatasvir

 

Magistratura

    • Chizmatasvirda badiiy yechim
    • Rangtasvirda badiiy yechim
    • Kompozitsiyada badiiy asar
    • Zamonaviy milliy dastgohli chizmatasvirda badiiy yechim
    • Zamonaviy milliy dastgohli rangtasvirda badiiy yechim
    • Zamonaviy milliy badiiy asar  kompozitsiyasi

Dastgohli rangtasviri kafedra professor-o‘qituvchilarining F.I.SH. va ilmiy darajasi:

Asosiyshtatdagi professor-o‘qituvchilar soni-17ta

Shundan:

OAK professori: 8 nafar

OAK dotsenti- 3 nafar

Institut dotsenti- 4 nafar

Katta o‘qituvchi- 1 nafar

O‘qituvchi-9nafar

1. Xaitov Eshmamat Haqberdievich – kafedra mudiri
2. Abdullaev Sadulla Asadullaevich – Professor
3. Tursunnazarov Yigitali Tursunnazarovich – Professor
4. Mirzaev Alisher To‘laganovich- Professor
5. Ikromjonov Akmal To‘raevich – Professor
6. Raxmetov Sobir G‘afurovich – Professor
7. Artiqov G‘ayrat Azizovich – Professor
8. Toshmurodov Muxmmadiyor Ergashevich – Professor
9. Nuriddinov Muxammad Nuriddinovich – Professor v/b
10. Axmadaliev Fayzullo – Professor v/b
11. Faxritdinov Zayniddin Ramzidinovich – Professor v/b
12. Azizov Dilshod – Dosent v/b
13. Xamraeva Umida Madrimovna – Katta o‘qituvchi
14. Usmonov Anvar Mustafaqulovich – O‘qituvchi
15. Sagatov Abdumajid Abdumavlonovich – O‘qituvchi
16. Sabirbaev Saidbek – O‘qituvchi
17. Raxmetov Timur Sabirovich – O‘qituvchi
18. Nasirdinov Avazbek – O‘qituvchi
19. Abdullaev Jahongir Umidillaevich – O‘qituvchi
20. Xazratkulov Kamoliddin Najmiddinovich – O‘qituvchi
21. Nomozov Bekmurod Shomurod O‘g‘li – O‘qituvchi
22. Vohobjonov Bobir Ahmadjon o‘g‘li – O‘qituvchi

O‘rindoshlar :
1. Nuriddinov Akmal Vahobjonovich – Professor
2. Ravshan Fatxullaev Sa’dullaevich – S.F.D. Professor

 

Kafedraning OAKda e’tirof etilgan ilmiy jurnallardagi maqolalar ro’yxati

T/r

Muallifning F.I.SH.*

Ilmiy jurnal nomi

Ilmiy maqola nomiNashr yili, betlari  (2019 yil)
1Xaitov Eshmamat  XakberdiyevichSharq yulduzi“Tafakkurga undovchi sur’atlar”2019 yil       139-140 betlar
1Xaitov Eshmamat XakberdiyevichTafakkur“Lahzalar musavviri”2020 yil        123-124 betlar
2Xaitov Eshmamat XakberdiyevichInternational journal of Research(IJR)“Mystic paintings”2019 yil        444-453 betlar
3Azizov Dilshod  NuriddinovichClarivate Analytics   usa“The palette of icon painting of ancient  Russian masters”2019 yil       675-679 betlar
4Azizov Dilshod  NuriddinovichTEATRRangtasvir va musiqa simbiozi2020 yil       38-39 betlar
5Vohobjonov Bobur Axmadjon o’g’liSo’z san’ati xalqaro jurnali“O’zbekiston rangtasvirida  portret janri va Abdullaq  Abdullaev ijodiga nazar”

                    144 bet

Kafedrada ishlab chiqilgan o’quv qo’llanmalar ro’yxati

 

    • Xaitov Eshmamat Xakberdiyevich – “Kompozitsiya”
    • Azizov Dilshod – “Chizmatasvir”

      Kafedraning innovatsion hamkorlik xizmatlari

    • O’zbekiston badiiy akademiyasi ko’rgazmalar zali
    • P.P.Benkov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan rassomlik maktabi