XODIMLAR BO’LIMI

 

 

Bolim boshligi: 

Nazarova Etibor Axmatovna

Xizmat raqami: +99871 255-96-67

Shaxsiy telefon raqami: +998 97 007-36-77

Tamomlagan: Toshkent davlat madaniyat instituti (kunduzgi)

Mutaxassisligi: Hujjat yuritish, hujjatshunoslik va arxivshunoslik

 

XODIMLAR BO'LIMI FAOLIYATI HAQIDA

Boʻlimning faoliyati va xodimlarining mexnatini tashkil qilish;
Boʻlimning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash;
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini taʼminlash va monitoringini olib borish;
Oliy oʻquv yurtining rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʻshatishni rasmiylashtirish, shuningdek, yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan oʻtish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;
Kafedra va institutning boshqa boʻlimlari boʻyicha shtatlardan toʻgʻri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;

Institutning barcha boʻlimlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
Hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;
Professor-oʻqituvchilar va boshqaruv apparati, maʼmuriyat va oʻquv-yordamchi xodimlarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qoʻyilishi holatlarini oldini olish choralarini koʻrish;
Mehnat daftarchalar, shaxsiy guvohnoma blankalarini hisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;
Professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish va joylashtirish boʻyicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
Professor-oʻqituvchilar va xodimlarning hisobga olish boʻyicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqchalarini tasdiqdan oʻtqazish, rasmiylashtirish, institut barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼtil jadvali asosida taʼtillarini berilishini nazorat qilish, zahira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik hisobotlarni tayyorlashni taʼminlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;
Xodimlar boʻlimi faoliyati boʻyicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni taʼminlash;
Boʻsh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zahirasiga kiritish va ish bilan taʼminlash boʻyicha rektorga takliflar kiritish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
Xomiladorlik va tugʻish hamda bola parvarishlash taʼtiliga chiqqan boshqaruv apparati, maʼmuriyat va oʻquv-yordamchi xodimlarining hujjatlarini rasmiylashtirish;
Institut bitiruvchilariga ( bakalavr, magistr) diplomlarini hisobga olish , tarqatish va nazoratini olib borish;

1-kurs talabalariga buyruq chiqarish va ularning yigʻma shaxsiy hujjatlarini qabul qilish