MATBUOT KOTIBI – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

MATBUOT KOTIBI

Mardatov Salim Kuchimovich
Lavozimi: Matbuot kotibi
Qabul kunlari: Seshanba 14:00-16:00, Juma 14:00-16:00
Telefon raqami:  +99899 800 18 64
Elektron pochta manzili: 

Matbuot kotibining asosiy funksiya va vazifalari:
Institut rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
Ommaviy axborot vositalarida qo‘mita faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
Institut rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari qo‘mita faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash;
Institutga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut rahbariyatini xabardor qilish.
Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni institutning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlash;
Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;
Institut faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele- va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Institut rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;
Institut faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Institut rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;
Institut faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
Internet tarmog‘ida qo‘mitaning veb-saytidagi axborotlarni tashkil etish va uni zamonaviy darajada yoritish.