Қайтаров Хасан Шоназарович

 

Мониторинг ва ички назорат бўлими бошлиғи: Қайтаров Хасан Шоназарович
Туғилган йили: 
Мутахассислиги: 

 

Oliy ta`lim muassasalarining ichki nazorat va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi (bundan keyin Ichki nazorat va monitoring) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta`lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda oliy ta`lim sohasiga oid hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat hamda tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta`lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at qarorlari, buyruqlari, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi , buyruqlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi oliy o’quv yurtlarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma`naviy ma`rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay`at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va o’quv yurti bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta`lim sohasidagi me`yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Ta`lim muassasida O’zbekiston Respublikasining oliy ta`limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarining qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay`at qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarni, shuningdek o’quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarning bajarilish nazoratini ta`minlash va monitoringini olib boorish.

Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va oliy o’quv yurtlari bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda o’quv yurti moddiy texnika bazasini monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish,.
Professor-o’qituvchilar tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o’tkazish.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limining o’ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:

• Oliy ta`lim muassasasida ta`lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.
• Oliy ta`lim muassasasida ta`limning holati va rivojlanishi haqida ma`lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.
• Oliy ta`limni boshqarish organlari (vazirlik, rektorat: Ilmiy kengash) ga ta`limni isloh va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.
• Oliy ta`lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta`minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
• Oliy ta`lim muassasasi ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.
• Ta`lim muassasasida ilg’or tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi.
• Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.



Monitoring va ichki nazorat bo‘limi quyidagi shtat birliklarni o‘z ichiga oladi:

 

1. Bo‘lim boshlig‘i – 1 kishi.
2. Uslubchi – 1 kishi.



1. Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazfalar dorasida bo‘lim faoliyatini rajalashtiradi va uning bajarilishini ta’minlaydi.
2. Bo‘lim xodimlari faoliyatini muvafoiqlashtirib boradi, bo‘limda mo‘’tadil muhit va mehnat intzomini ta’minlaydi.
3. Yuqori tashkilotlarga talab qilingan ma’lumot va hisobotlarning belgilangan shakl va muddatlarida taqdim etilishiga javob beradi.
4. Bo‘lim hamda institut tashkiiy tadbirlariga faol ishtirok etayotgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlab, uni rahbariyaga taqdim etadi.

 

2. Uslubchi
1. Ushbu lavozimga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi va u «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysunadi.
2. Uslubchi o‘z faoliyatini institut rektori buyruqlari va bo‘lim boshlig‘i ko‘satmalariga muvofiq amalga oshiradi.

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Май 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter