Document

QO’SHMA TA’LIM DASTURI BO’LIM

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i:  Kurbanov Suxrob Abdulloevich

Qabul vaqti: Seshanba , Payshanba 14:00-16:00

Telefon: +998 (93) 5757589
Email: sukhrob_kurbanov@list.ru

 

2020 yil 29 avgustdan:
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i

28.03.1989 – yilda to‘g‘ilgan
2010 y. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik yo‘nalishini (bakalavr) tugatgan.
2012 y. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik yo‘nalishini (magistratura) tugatgan.
2012-2014 yy. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi.
2014-2015 yy. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” v.b. kafedrasi mudiri
2015-2018 yy. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri
2018-2020 yy. – Toshkent arxitektura-qo‘rilish instituti “Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2020 – x.v. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limining ustuvor yo‘nalishlari:
• institut professor-o‘qituvchilari va talabalar malakasini oshirish;
• ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;
• xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
• xorijiy OTMlardan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni ma’ruza o‘qish uchun taklif qilish;
• imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;
• xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limining vazifalari:
• Institut bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida o‘rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
• Institutga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish;

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limining maqsadi:
Qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish orqali Kamoliddin Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutida ta’lim sifatini modernizasiya qilish va zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etish hamda MRDIning respublika oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan o‘rin olishiga ko‘maklashish.
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eng so‘nggi o‘quv va ilmiy tajribalarni o‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o‘qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo‘limdir. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bo‘lim universitetda Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.