Milliy UZ domeni 2014 internet-festivali boshlanadi

15-iyul kuni Aloqa tarixi muzeyida Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali tashkilotchilari tomonidan bu yilgi internet-fectivali boshlanishining e'lon qilinishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi.
Festival tashkilotchilari: UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi vа infoCOM.UZ jurnalidir.

Festivalni rasmiy qo‘llab-quvvatlovchi: O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi.
Matbuot-anjumanida 15-iyul kunidan milliy UZ domeni intenet-festivali ish boshlashi va barcha xohlaganlar www.if.uz festival saytida ro‘yxatdan o‘tishlari hamda festivalda ishtirok etish uchun o‘zlarining yoqtirgan saytlarini e'lon qilishlari mumkinligi ma'lum qilindi.
Tashkilotchilar tanlovda festival o‘tkazilishi davomida amal qilgan va UZ domenida ro‘yxatdan o‘tkazilgan saytlar ishtirok etishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdilar.

Tanlovda ishtirok etishga ariza taqdim etish hakamlar hay'ati a'zolari, sayt egalari, har bir xohlagan kishi tomonidan festivalning rasmiy - www.if.uz saytidagi ro‘yxatga olish shakli asosida amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun ariza berish muddati 2014-yil 15-iyul kunidan 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi.
Qisqacha tarixga va statistikаga murojaat etsak. Ikkinchi darajali Milliy UZ domeni 1995-yil 29-aprel kuni tashkil etilgan. 2014-yil 15-iyul holatiga ko‘ra, UZ zonasida faqatgina faol ikkinchi darajali domenlar soni 18200dan ortiqni tashkil etdi. UZ domeniga taalluqli yana bir necha ming uchinchi darajali domenlar ham mavjud.
Internet-festivali mamlakatimizda 2001-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 2007-yildan boshlab Internet tarmog‘ida milliy segmentdagi resurslarni rivojlantirish maqsadida milliy UZ domeni internet-festivali o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yil festival 15-iyuldan 22-sentabr kunlariga qadar o‘tkaziladi. Festival natijalari InfoCOM 2014 Axborot texnologiyalari haftaligining birinchi kuni – 22-sentabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Yoshlar Ijod Saroyida e'lon qilinadi.
Festivalning asosiy maqsad va vazifalari o‘tgan yillardagi kabi O‘zbekiston aholisi o‘rtasida Internet tarmog‘ini ommaviylashtirish, internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishda yordam ko‘rsatish, Internet tarmog‘ida o‘zbek tili qo‘llanilishi doirasini kengaytirishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari saytlarini baholash uchun internet-texnologiyalari, san'at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida hakamlar hay'ati tashkil etiladi.
Bu yilgi festival tanlov dasturi 10ta mavzuli va 2ta maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oladi. Tanlov dasturiga internet festivalida 10ta mavzuli nominatsiyada ishtirok etayotgan har bir saytga WWW.UZ milliy izlash tizimining maxsus ajratilgan sovrinlari kiritilgan. Belgilangan muddatda internet-festivalning ishtirokchilari orasida har bir mavzuli nominatsiyasi bo‘yicha eng ko‘p xost to‘plagan, 10ta sayt g‘olib sanaladi, shuningdek, festivalning besh nafar sovrindoriga faxriy laureat Diplomi beriladi.
Har bir nominatsiyada birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar berilib, diplom va festival sovrinlari taqdim etiladi. Hakamlar hay'atining qarori bo‘yicha alohida nominatsiyalarda mukofotlar umuman yoki o‘rinlardan biri uchun taqdim etilmasligi mumkin. Festival sovrinlari va diplomlari sayt egasiga yoki uning vakiliga topshiriladi.
Bu yil festival doirasida mamlakatimiz dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilovalar tanlovini ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi hamjamiyatlar sahifalari ham qayd etiladi.
Festivalni o‘tkazish bo‘yicha barcha savollar bilan www.if.uz festival saytiga yoki: editor@infocom.uz e-mailga murojaat etish mumkin.

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Июнь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter