Toshkentda “Ijod zavqi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi

Unda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kompyuter grafikasi va badiiy foto yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning ijod namunalari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

“Ijod zavqi” deb nomlangan mazkur ko‘rgazmadan yosh fotoijodkorlarning manzara, portret, reportaj singari turli janrlardagi suratlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma ishtirokchilaridan biri Bobur Olimxo‘jayev 2013-yilda Infolib Uzbekistan milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi fototanlovda, “O‘zbekiston tasviriy san’ati +5” ijodiy festivalida, 2014-yilda “Yoshlar – illatlarga qarshi” ko‘rik-ko‘rgazmasida qatnashgan. Ijodiy portret janrida izlanayotgan Bobur mazkur ko‘rgazmada “Kitoblar raqsi”, “Ilhom parisi”, “Qushlar suhbati”, “Yakka daraxt” kabi mavzulardagi qiziqarli ishlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 80 ga yaqin ijodiy ishda O‘zbekistonning go‘zal tabiati manzaralari, yosh avlodning beg‘ubor orzu-intilishlari, milliy an’ana va qadriyatlar, mehnatsevar insonlar qiyofasi ifodalangan.

Toshkentda “Ijod zavqi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi


Toshkentda “Ijod zavqi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkentda “Ijod zavqi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkentda “Ijod zavqi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkentda “Ijod zavqi” deb nomlangan fotoko‘rgazma ochildi

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Февраль 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter