KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.

Ilgari hech chet el safarlarida bo’lmaganim sababli, Janubiy Koreyaga bo’lgan safarim menda juda katta qiziqish uyg’otdi. Avvalo, menga bu unitilmas sayohatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat yaratib bergan, men ta’lim olayotgan oliy o’quv yurti-Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga va albatta, bizni Koreya Madaniyati Programmasi (quyida KMP deb ko’rsatib o’tiladi)da ishtirok etish uchun taklif qilgan “Daegu Haany” universitetiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Programma haqida qisqacha to’xtalib o’tsam, Daegu Haany universiteti Koreya madaniyati festivalini 2009-yildan beri, ko’plab chet davlatidagi hamkor institut va universitetlarda taqsil oladigan talabalar ishtirokida o’tkazib kelmoqda. Daegu Haany universiteti va uning fakultetlari tomonidan tayyorlangan turli hil qiziqarli mashg’ulotlar ishtirokchilarni Koreya madaniyati bilan tanishish va uni hurmat qilishga undaydi. Ushbu programma bir hafta muddatda davom etadi. Hafta davomida qatnashuvchilar o’z vaqtlarini unumli va maroqli o’tkazib, Korea madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu bilan bir qatorda ular, Daeguning tarixiy va zamonaviy, rivojlangan hamda diqqatga sazovor joylari bilan tanishadilar.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.


KMP ning ilk kuni-aytib o’tganimdek, bu mening ilk safarim bo’lgani sababli, undagi har bir narsa: parvoz, ob-havo va insonlarning turmush tarzidan tortib ovqatlanishi ham men uchun yangi tajriba bo’ldi desam adashmayman. Koreyaga kelgan kunimdan unda yashovchi xalq meni juda hayratta qoldirdi, ular juda muloyim va mehmondo’st ekanligiga amin bo’ldim. Shaharning ko’rki, undagi zamonaviy, osmono’par binolar esa o’zgacaha chiroy ochib turar edi. Ob-havo juda toza va iliq edi.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.


Parvozimiz bir oz kechikkanligi sababli, Daeguga bo’lgan tashrifimiz umumiy yig’ilish vaqtidan kechroq bo’ldi va bizning Daegu Haany universiteti prezidenti va talabalari bilan tanishuvimiz amalga oshmay qoldi. Shunday bo’lsada, biz, ushbu programma tashkilotchilari bilan tanishishga muyassar bo’ldik. Tushlikdan so’ng biz, Koreya madaniyatiga hos bo’lgan mashg’ulot ya’ni oq mato yoki oq ro’molchani tabiiy ranglar va bo’yoqlar yordamida bo’yash hamda tabiiy ravishda matoga takrorlanmas bezak berish bilan shug’ullandik. Bu mashg’ulot koreys tilida “Hanhak-chon” deb nomlanar ekan. Mashg’ulotdan so’ng koreys milliy libosi ya’ni “Hanbok”ni kiyib ko’rish va albatta Koreya milliy urf odatlaridan biri “Choy marosimi”ning barcha qonun qoidalari va har bir harakatning o’ziga hos nazokati va nafisligi, undagi har bir detalning o’z ma’no mohiyati mavjudligi to’g’risida o’rgandik. Shundan so’ng, barcha ishtirokchi va tashkiliy qo’mita a’zolari bilan KMPning ochilish marosimida qatnashdik.

KMPning ikkinchi kuni-Yangi kun chet el talabalari uchun mo’ljallangan yotoqxona oshxonasidagi ajoyib nonushta bilan boshlandi. Nonushtadan so’ng, biz sayohatimizning keyingi manzili-“Donghwasa Temple Stay” ya’ni Budda ibodatxonasi tomon yo’l oldik. Ushbu ibodatxonada buddistlar madaniyatining qiziqarli mashgulotlari: meditatsiya, choy marosimi va ibodatxona shartlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldik , uni yuksak baholadik. “Balwoo Gongyang”dagi tushlik vaqtida buddistlarning o’ziga hos ovqatlanish tartibi va qoidalari bilan tanishdik. Tushlikdan so’ng yana bir qiziqarli mashg’ulot-buddistlarning ilohiy guli, Lotusni rang barang qog’ozlar yordamida o’z qo’llarimiz bilan yasadik. Kechga yaqin, universitet maydonidan uncha uzoq bo’lmagan “Gyeongsang Homeplus” savdo markazida joylashgan restoranda kechgi ovqatni turli hil qiziqarli suhbatlar va o’yinlar bilan o’tkazdik. Kun juda maroqli o’tdi, biz juda charchagan bo’lsakda do’stlarimiz bilan bo’lgan suhbat insonga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlab turardi.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.


KMPning uchinchi kuni-Nonushtadan so’ng, Daegu shaharchasidagi eng baland cho’qqiga ko’tarilib, undagi katta qo’ng’iroqni chalish baxtiga muyassar bo’ldik. Bu Koreya safarimdagi yana bir menda o’zgacha taasurot qoldirgan mashg’ulotlardan biriga aylandi chunki, ushbu qong’iroq Daeguda mahsus kunlar va bayramlarda chalinar va qo’ng’iroqning jaranggi butun shaharchani o’ziga rom etar ekan. Aytishlaricha qo’ng’iroqqa yaqin turgan odam uning ovozini his qila olmas va faqat unga qo’llarini tekkissagina uni dildan his qilar va orom olar ekan. Qizig’I shundaki, ushbu qo’ng’iroq juda katta va uni bir kishi joyidan qo’zg’atishi juda mushkul masala edi. Biz yana bir qiziqarli mashg’ulot, Koreya milliy yelpig’ichiga bezak berish bilan shug’ullandik. Ushbu mashg’ulot koreys tilida “Samulnori” deb atalar ekan. Shundan so’ng biz Daegu Haany universitetiga yo’l oldik. U yerda biz koreys tili darsida qatnashish imkoniga ega bo’ldik va so’zlashuvda kerak bo’ladigan ba’zi so’zlarni o’rgandik. So’ng, universitet talabalira bilan ochiq muloqot o’tkazdik. Talabalar bilan tanishib, ishtirokchilar taqsil olayotgan oliy o’quv yurtlar va ularning mutahassisliklari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldik. Shu bilan birga, bizning institut K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti to’grisida ham bir qancha asosiy ma’lumotlarni aytib o’tdik. Talabalarning turli hil sahna ko’rinishlari va chiqishlari barchani quvontirdi va biz mehmonlarga ko’tarinki ruh bag’ishladi desam mubolag’a bo’lmaydi. Kun so’ngida, KMP davomida bizga rahbarlik qilgan, safar davomida doim bizni qo’llab quvvatlagan, turli muammolarda o’z yordamini ayamagan, ajoyib inson, BYUN YOO NA bilan vaqtimizni maroqli o’tkazdik. Yoo Na bilan dugonalarga aylandik va hali hanuz u bilan ijtimoiy tarmoq orqali habarlashib turamiz.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.


KMPning to’rtinchi kuni- Koreya xalqi juda uzoq tarixga ega va shuning uchun programmaning to’rtinchi kunida biz “Andong Tour” ya’ni Koreyaning tarixiy viloyatlaridan birida safarimizni davom ettirdik. U yerda biz Koreya xalqining tarixiy ta’lim tizimi va ta’lim muassasasi bilan tanishdik. Shu viloyatda joylashgan dunyoga mashhur muzeylardan biri, Dunyo Maskalari muzeyiga tashrif buyurdik. Dunyoning turli mamlakatlarining madaniyatiga hos maskalarni va koreyaning tarixiy maskalaridan tortib hozirgi kundagi teatr va sahna ko’rinishlarida foydalaniladigan maskalarni ko’rdik. Ushu muzeyning maskalarni bezatish xonasida biz ham maskalarni hohlagancha bezatish, qandaydir bir surat solish imkoniga ega bo’ldik. Meni hursand qilgan narsa shu bo’ldiki, u yerda turli davlatlarning bayrog’I ifodalangan maskalar bor edi va ular orasida bizning ya’ni O’zbekiston bayrog’ining rasmi solingan maskaga ko’zim tushdi. Bayrog’imiz tasvirlangan o’sha maskani ko’rib men juda g’ururlanib ketdim. Shundan keyin Daegudagi eng mashhur qishloq “Hahoe” qishlog’ini aylandik. Bu qishloqdagi odamlar Koreyadagi eng boy insonlar hisoblanar ekan va uning yana bir mashhur tomoni shunda ediki, bu qishloqqa Angliya qirolichasi Elizavetta II tashrif buyurgan va o’z qo’llari bilan daraxt ko’chati ekib, o’zidan ushbu niholni qoldirgan ekan. Safardan qaytgach Daegu Haany universitetida programmaning yopilish marosimini o’tkazdik va shu programmadagi so’nggi rasmiy kechgi ovqatdan bahramand bo’ldik. Marosimda barcha qatnashchilar KMP to’g’risidagi taasurotlar bilan yozma ravishda o’rtoqlashishdi va uni barchaga o’qib berishdi. Shu jumladan men ham o’z taasurotlarim bilan bo’lishdim. Bu men uchun juda katta sharaf edi. Tashkiliy qo’mita vakili bizning ismimizni tanishtirayotib, eng sevgan davlatlaridan biri O’zbekiston ekanligini ta’kidlab o’tdi. Bu kabi so’zlarni eshitish menga yanada zavq bag’ishladi. Usha payt, shunday mamlakatda yashayotganimdan yana bir bora fahrlanib ketdim.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.


KMPning beshinchi kuni- Bu kun ham mashg’ulotlar va safarlarga boy edi. Shu kuni biz, Koreya xalq tabobati muzeyi bilan tanishdik. Ushbu muzeyda tabobatning barcha qirralaridan bohabar bo’lib, Koreya xalqi tarixda qanday davolash uslubini qo’llashi va hozirda qanday uslubni qo’llashi haqida ma’lumotga ega bo’ldik. Nihoyat, uzoq kutilgan safar ya’ni Daeguning eng zamonaviy mavzesi, “Daegu-Dongseongro”ni aylanishga, u yerda turli hil sovg’alar harid qilishga muvaffaq bo’ldik.

KMPning oltinchi kuni-Bu kun programmadan tashqari edi shuning uchun, ushbu kunni takrorlanmas va albatta bir umr yodda qolarli qilib o’tkazishga harakat qildik. Tongda ba’zi do’stlarni aeroportga kuzatib o’zimiz ochiq osmon ostida tushlik qilishga kelishdik. Turli hil millatli, chet tilida gaplashadigan, turli din vakillari bilan suhbat qurish menga huzur bag’ishladi. Mamnuniyat bilan ayta olamanki,o’zim uchun katta tajriba orttirdim. Chunki do’stlarim orasida turli davlatlardan kelgan yigit-qizlar: AQSH, Buyuk Britaniya, Hitoy, Yaponiya, Malayziya va Vetnam davlatlari talabalari bor edi. Bu kun Koreyaga qilgan safarimizning so’nggi kuni bo’lgani sababli, biz iloji boricha vaqtimizni maroqli o’tkazishga va turli hil ko’ngil ochar joylarni ko’rishga harakat qildik va buni uddasidan chiqdik desam ham bo’ladi.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.


Koreyaga qilgan sayohatim meni hayotimdagi eng unitilmas voqealardan biriga aylandi. Dunyoga yangicha nazar bilan qarashga undadi desam adashmagan bo’laman. Chunki, turli xalqlar madaniyati bilan tanishish mening dunyoqarashimni yanada kengaytirdi va boyitdi.Fikrimcha, bu kabi loyihalar insonlarni ularning tili, dini, millati va irqidan qat’i nazar birlashishga va do’stlashishga undaydi.

KOREYA RESPUBLIKASIDAGI DAEGU HAANY UNIVERSITETIDA O’TKAZILGAN 6-KOREYA MADANIYATI PROGRAMMASI HAQIDA TAASSUROTLARIM.



Amaliy san’at fakulteti 1-kurs talabasi
Sobirova Diyorakhon

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Октябрь 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter