TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT BAYRAMI


O’zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko’rgazmalar zalida “Tasviriy va amaliy san’at festivali-2016” boshlandi. Tadbir O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi va “Sog’lom ona va bola” yiliga bag’ishlab tashkil etildi. Unda mamlakatimizning taniqli mo’yqalam ustalari, haykaltaroshlar, milliy kulollik maktabi vakillari, san’atga ixtisoslashtirilgan Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari professor -o’qituvchilari, xorijlik mutaxassislar hamda talaba yoshlar ishtirok etishmoqda.


Festivalni O’zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, O’zbekiston xalq rassomi Akmal Vahobjonovich Nuritdinov ochib berdi. Shuningdek, festivalga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi, Ozarbayjon, Hindiston, Slovakiya Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi kabi davlatlarning vakillari so’zga chiqib, mamlakatimizda san’at va madaniyatga berilayotgan chuqur e’tibordan hamda davlatlar o’rtasidagi do’stlik aloqalarining mustahkamlanayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Ochilish marosimida ta’kidlanganidek, yurtimizda milliy san’atimizni yanada ravnaq toptirish borasida ezgu sa’y- harakatlar natijasida yangi-yangi iste’dod egalari kashf etilib, ular O’zbekiston dovrug’ini dunyoga yoyishmoqda. Ularning xalqaro miqyosdagi nufuzli festival va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtiroki o’zbek san’ati istiqboli bugungidan-da yuksak bo’lishini anglatadi. “Tasviriy san’at festivali” tadbirlarini kuzatib, bunga yana bir karra ishonch hosil qilish mumkin.


Festivalga tashrif buyurganlar orasida ko’plab kichik avlod vakillarini ham uchratish mumkin. Borliqni anglash, tabiatga va vatanga bo’lgan mehr-muhabbatni shakllantirishda tasviriy san’atning o’rni beqiyos. Uch yoshli Parvinaning ota-onasi ham farzandining tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishini e’tiborga olib, uni ijodiy muhit bilan ulg’ayishiga ko’mak bermoqda. Ikki yoshli Yasina ham festivalning eng kichik ijodkorlaridan biri bo’ldi. U bilan suhbat davomida, uning tabiatga bo’lgan qiziqishini anglash qiyin bo’lmadi. Ular kabi jajji ijodkorlar kelajakda san’atning yetuk vakillari qatorida bo’lishi shubhasiz.


Ayni paytda poytaxtimizdagi Markaziy ko’rgazmalar saroyi, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Behzod memorial bog’ muzeyi, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlarida ham festival doirasidagi tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Festival doirasida liboslar namoyishi, ustoz ijodkorlar tomonidan mahorat darslari, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi kitoblari va kataloglari taqdimotlari, shuningdek, zamonaviy tasviriy san’at yo’nalishidagi konferentsiyalar va qator madaniy tadbirlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan. Yana bir e’tiborli jihati, festival nihoyasida namoyish qilingan ijodiy ishlarning aksariyati ijtimoiy muassasalar, Mehribonlik va Muruvvat uylariga taqdim etiladi. Ushbu betakror go’zallik namunalari kelajak avlodning milliy madaniyatimiz va ma’naviyatimizga hurmat ruhida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT BAYRAMI

 

TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT BAYRAMI

 

TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT BAYRAMI

 

 

Nasiba Mirboltayeva
San’atshunoslik fakulteti III bosqich talabasi

 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Август 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter