TABIAT KUYCHISI…


Har bir ijodkorning odamlarga aytadigan o‘z so‘zi bor. San’atkor sahnadan turib, jurnalist gazeta va jurnal orqali, rassom esa matoda mo‘yqalam bilan o‘z fikrini bildirishga harakat qiladi. Rassom hayotda nusxa ko‘chiruvchi emas, balki tabiat go‘zalligini qalban his qilib, uni mehr bilan qog‘ozga tushira oladigan insondir. Yaratilgan asarga rassomning mehr-tuyg‘usi aks ettirilmas ekan, u qanchalik chiroyli bo‘lmasin baribir tomoshabinni o‘ziga jalb qila olmaydi.


Rassom Musavvara O‘lmasova o‘z ijodida natyurmort, portret va manzara janrlarida ijod qilib, bu sohada ham mustaqil dunyoqarashga ega ekanligini ko‘rsatdi. Natyurmortlar rassomning ijodida alohida o‘ringa ega. Ularda ijodkorning his-tuyg‘ular dunyosi sezilib turadi. Bu asarlar tomoshabinda ijodiy kuch-qudrat mujassamdek tasavvur uyg‘otadi.


Ijodkor natyurmortlarida nafis gullarni tasvirlaydi, uning gullari shunchaki gul emas, balki insonni hayotining cheksiz voqeligi haqida so‘zlaydi. Rangtasvirda gullar — borliqning bir lahzaligi, qisqaligi, bahor, go‘zallik, barkamollik, mas’umlik, yoshlik, qalb ramzi. Gul timsolining turli qo‘shimcha ma’nolari, uning xushbo‘y isi, shakl va rangi bilan bog‘langan. Gullar-hayot quvonchlari timsolidir. Gul tabiat va inson ruhiyatidagi uyg‘unlik, ilohiy birlik mohiyatini ifoda etadi.

 

Gullar muhabbat (chunki ular bahorda gullaydi) va go‘zallik bilan uyg‘unlashtiriladi. Badiiy an’anada ayol ko‘pincha gulga o‘xshatiladi. G‘uncha mas’um go‘zallik majozi sifatida tasvirlanadi.


Ijodkor Musavvara O’lmasova yaratgan asarlaridagi gullarning har bir turi o‘z ma’nosiga ega: chinnigul ehtirosni, gulsafsar poklikni mujassamlantiradi. Ramziy ma’noda G‘arb rangtasvir an’anasida atirgul va gulsafsar, Sharq rangtasvir an’anasida nilufar va xrizantema keng o‘rin tutadi.


Musavvira Musavvara O‘lmasova asarlaridagi gullarda o‘zgacha ruh va xarakterdagi psixik holat mavjud. Rassom asarlari bir-biriga o‘xshamagan ranglardan foydalanadi.


Manzara janridagi asarlarida tarixiy binolar, so‘lim qishloqlar, viqorli tog‘lar, tiniq, sokin dengizlar tasvirlanadi. Har bir asarida teatr rassomiga xos jihat ko‘zga tashlanadi.


Uning sokin dengiz va oy tasviri tushirilgan asarlari insonni lirik holatini aks ettiradi. Tasviriy san’atda Dengiz tasviri turli ramziy ma’nolarni anglatgan.
Qadimgi yunonlar dengiz onalik negizining mujassamlanishi, deb bilsa, slavyan asotirlarida dengiz ayol personajlar bilan bog‘lanadi. Romantizm san’atida dengiz erkinlik unsuri mujassami va jo‘shqin negiz timsoliga aylangan. So‘fiy tasavvurida esa oliy manzil — dengiz.


Oy ayol, suv, hosildorlik, o‘lim, tirilish, tun singari tushunchalar bilan qiyoslanadi. Bundan tashqari u shakllanish jarayon ramzidir. Rassomning asarlarida oy va dengiz uyg‘unligi dunyoning ibtidosi, sokin tongning tug‘ilishi, hayotning abadiyligini tasvirlaydi.


Musavvara O‘lmasovaning qishloq manzarasi, maishiy mavzuda asarlari esa spektakl uchun ishlangan eskizlarni eslatsada, unda ranglarni tanlanishi, kompozitsiya rassomning o‘z uslubiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tabiatga yaqinlik, ijodda undangina ilhomlanishdanmi yoki ijodkorga hoslikmi, uning asarlarida ko‘k, yashil, sarg‘ish ranglardan ko‘p foydalanilgan.

 

Chaykalar nomli ushbu asar lavha ko‘rinishida bo‘lib, asosan oq, havorang ranglardan foydalanilgan. Bunga sabab, oqqushlarni oppoq, beg‘ubor, tiniq, hotirjam joyda yashashini inobatga olgan. Qushlarning xarakterini, ichki olamini ochishga harakat qilingan. Go‘yoki qushlar bir-biriga bo‘lgan munosabati ochib berilgan. Qushlarning barchasi dinamik harakatda. Biri parvozga intilmoqda, boshqasi esa qanotini yozgan holatda. Qushlarni kartinaga joylanishiga ham ahamiyat berilgan, fazoviy kenglik, mo’yqalamning o‘rtacha kattalikdagi surtmalar bilan ishlangani seziladi. Ko‘pgina asarlarida orqa fonni ko‘pincha umumiy holatda bir hil ranglarda beradilar. Asarlarida teatr rassomiga xos jihat ko‘zga tashlanadi.


Chaykalar aslida tabiatan tez uchadigan, maqsadi uchun hech narsadan qaytmadigan, deb ta’riflanadi. Lekin ijodkorning asarlarida esa lirik kayfiyat beradigan, nozik jilolar bilan tasvirlangan. Kompanovka yahshi olingan. Kartinani markazga to‘liq joylashtirilgan. Qushlar jamlanib, aylanib uchishmoqda.

 

Nigohini hammasi bir joyga qaratgan. Turli kattalikdagi chaykalarni ishlashda, voqealarni rivojlantirishda juftlik asos qilib olingan, qolgan chaykalar esa asarni to‘ldiryapti. Asosiy g‘oyani markazdagi chaykalar bermoqda. Bu nozik ta’b, lirik kayfiyat bahsh etadi. Orqa fon osmoniy rangda bo‘lib, bu rang ramziy ma’noda tanlangan. Bir so’z bilan aytganda, ijodkorning naqadar tabiat bilan hamohang ekanligini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Musavvara O’lmasovaning asarlari bugungi kunda san’at ixlosmandlari orasida yuksak baholanmoqda.

 

TABIAT KUYCHISI…

 

 

TABIAT KUYCHISI…

 

TABIAT KUYCHISI…

 


Mirboltayeva Nasiba
San’atshunoslik yo’nalishi
3-bosqich talabasi

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Июнь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter