MADANIYAT YOSHLAR NIGOHIDA

MADANIYAT YOSHLAR NIGOHIDA

 

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari  Respublikamizning “Yoshlar ijod saroyi”da yilning eng namunali tadbirlaridan biri “Yoshlar haftaligi” bo’lib o’tmoqda. Ushbu tadbir yurtimizning kelajagi bo’lgan yoshlarimizni bir maqsad yo’lida birlashtirish, ya’ni mamlakatning buyuk kelajak sari intilishida hissa qo’shishlari uchun tashkil etilgan. Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati ushbu tadbirning asosiy tashkilotchisi bo’lib, hozirgi kunda bu jarayonda Yosh tomoshabinlar teatri, Quvnoqlar va Zukkolar ko’rik tanlovi, Tafakkur sinovlari intellektual o’yini hamda Moda va dizayn loyihalari, shuningdek, ko’rgazmali dasturlarini namoyish qilmoqdalar. Tadbirni o’tkazishda bir qator tashkilotlar - O’zbekkino Milliy agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi jonbozlik qilmoqdalar. Maskur tadbirni tayyorlash va uni tashkil etishdan maqsad, yoshlarimizning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviy, ahloqiy hamda intellektual salohiyatini oshirishdan iborat. Biz ozod va obot yurtda yashamoqdamiz. Shu boyisdan uni qadriga yetmog’imiz, yaratilgan imkoniyatlardan kengroq va unumliroq foydalanmog’imiz lozim. Hozirgi kunda yoshlarimiz o’zlarining bilimi va salohiyati bilan dunyo yoshlarini sport, san’at, tabiiy fanlarni chuqur egallashlari bilan lol qoldirmoqdalar. Shuning uchun bu loyiha ham Respublika miqyosida keng nishonlanmoqda.

 

MADANIYAT YOSHLAR NIGOHIDA

 

Haftalik doirasida O’zbekiston Badiiy Akademiyasining “ARTlas”  loyihasida  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari faol qatnashdilar. Ushbu loyiha haqida haftalikning ochilish marosimida Badiiy Akademiya raisi o’rinbosari Farhod Toshmuhamedovga savol berilganda:  “Bu loyiha 2016-yilgi “Yoshlar haftaligi”ning eng yangi loyihalaridan biri bo’lib, yangi moda yo’nalishini targ’ib qilish emas, balki yoshlarimizning o’z qo’llari bilan yaratgan ishlari hamda yangi ijodlarini namoyon qilishdir. Bunda asosan milliylikka e’tibor berilib, atlas va adras matolardan ishlangan zamonaviy kollektsiyalari namoyish qilinadi. Bizning maqsadimiz yoshlarimizning hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan ommaviy madaniyatga bo’lgan fikrlarini kengaytirish, unga bo’lgan  munosabatlarini milliy kiyimlarda ifodalab, ommaga ko’rsatishdir,” deya o’z fikrlarini yakunladilar. Hindiston faylasufi Mahatma Gandining so’zlari yodimga tushadi: “Men erta tongda derazamni ochib qo’yaman, u yerdan xonamga toza havo kiradi, ammo shu bilan bir qatorda chang-to’zon ham…”.   Haqiqatdan ham  Respublikamiz dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri bo’lib, bir qancha davlatlar  bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan.

 

Lekin chet mamlakatlardan kirib kelayotgan turli xildagi mahsulotlar, turli vositalar yoshlarimizning ongini zaharlamoqda. Shu sababdan yoshlarga yoshlar nigohi bilan qarab, ularni shunday tadbirlarga chorlab, ma’naviy bilimlarini rivojlantirish va dunyoqarashlarini kengaytirmoq lozimdir.

 

Uch kun davomida namoyish etilgan ushbu loyiha Yoshlar haftaligining eng namunali yorqin loyihalaridan biri bo’ldi. Kelgan mehmonlar hamda Respublika Oliy ta’lim muassasasi o’quvchi va talabalari o’zlarining ijobiy fikirlarini bildirib o’tdilar. Bundan tashqari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti Tasviriy san’at fakulteti talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlardan tashkil etilgan badiiy ko’rgazma haftalikni mazmunli hamda ijobiyligini ta’minlab berdi. Biz yoshlar shunday mustaqil yurtda yashar ekanmiz, bilimimiz va uztozlar bergan ta’limlari bilan yurtimiz kelajagi barqaror bo’lishi uchun o’z hissamizni qo’shaylik.  Zero, ajdodlarga munosib voris bo’laylik.

 

 

O.Karimov

San’atshunoslik  fakulteti

2-bosqich talabasi

 

 

 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Август 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter