“MILLIY LIBOSLARIMIZ BIZNING FAXRIMIZ” HAFTALIGI DOIRASIDA “O’ZBEGIMNING MATOLARIGA, TENGLASHOLMAS HECH BIR MATOLAR, ATLASI-YU ADRASLARINI, KIYMAGANLAR QILAR XATOLAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

 

“MILLIY LIBOSLARIMIZ BIZNING FAXRIMIZ” HAFTALIGI DOIRASIDA “O’ZBEGIMNING MATOLARIGA, TENGLASHOLMAS HECH BIR MATOLAR, ATLASI-YU ADRASLARINI, KIYMAGANLAR QILAR XATOLAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

 

Institutning “San’atshunoslik” fakulteti talabalari bilan “Milliy liboslarimiz,bizning faxrimiz” haftaligi doirasida institut talaba qizlari o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

“MILLIY LIBOSLARIMIZ BIZNING FAXRIMIZ” HAFTALIGI DOIRASIDA “O’ZBEGIMNING MATOLARIGA, TENGLASHOLMAS HECH BIR MATOLAR, ATLASI-YU ADRASLARINI, KIYMAGANLAR QILAR XATOLAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

 

14 aprel kuni “Milliy liboslarimiz bizning faxrimiz” haftaligi doirasida “O’zbegimning matolariga, tenglasholmas hech bir matolar, atlasi-yu adraslarini, kiymaganlar qilar xatolar” nomi ostida talaba yoshlar bilan ochiq davra suhbati tashkil qilindi.

 

San’atshunoslik fakulteti I-bosqich talabasi Bozorova Dildora davra suhbatini o’zbek milliy matolari yaratilish tarixidan to hozirgi kungacha bo’lgan davr haqida ma’ruza matni bilan tengdoshlariga ma’lumotlar berib o’tdi.

 

Bozorova Dildora davrani ochib: “Har bir xalqning o‘z milliy urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining ham minglab asrlarga mansub milliy urf-odati, an`ana-yu madaniyati bor. Xalqimizning milliyligi uning yurish-turishida, kiyinishida ham namoyon bo‘ladi. Biz esa ayni damda milliy matolarimiz to‘g‘risida ma`lumot berishni joiz deb topdik. Milliy matolar jilosi O‘zbek milliy matolari tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. Bunga atlas, adras, beqasam kabi bir-biridan bejirim, serjilo matolar kiradi. O‘zbek hunarmandlarining qalb qo‘ridan yaralgan mato uzoq tarixga ega bo‘lgan milliy matomiz atlas ko‘plab qimmatbaho matolardan-da qadrliroqdir.“Atlas” so’zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma`noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi.

 

                                                                                     

Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachlar, erkaklar qiyig‘i va boshqa buyumlar tikiladi. Adrasdan esa ayollarning kiyim-kechaklari bilan birga chopon, ko‘rpa, ko‘rpachalar tikiladi.” Milliy matolarimizning tarixi, rivojlanish davrlari, texnikasi kabi chuqur malumotlarni berib, tinglovchilarda qiziqish uyg’otdi.

 

Taqdimotlar bilan o’tgan davra suhbatida talaba yoshlar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar,va milliy matolarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

    

Sardor Ismatullayev

Fakultet matbuot yo’nalishi sardori

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Август 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter