Ijodkorlar Uyishmasi Badiiy Ko’rgazmalar Direktsiyasi “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot ”yiliga bag’ishlanadi

“TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT FESTIVALI” O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy Ijodkorlar Uyishmasi Badiiy Ko’rgazmalar Direktsiyasi “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot ”yiliga bag’ishlanadi

                                   

Ijodkorlar Uyishmasi Badiiy Ko’rgazmalar Direktsiyasi “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot ”yiliga bag’ishlanadi

  

18 aprel kuni Markaziy Ko’rgazmalar Zalida  O’zbekiston Badiy Akademiyasi  tomonidan tashkil etilgan an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ning ochilishi marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda nafaqat shahrimiz mezbonlari, balki chet-ellik vakillar ham qatnashdilar. Yurtimizga ko’plab davlatlardan mehmonlar tashrif buyurdilar, xususan, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina,Rossiya,Ozarbayjon va boshqa vakillar qatnashdilar. “Milliy ansambl” doyira ijrochilari hamda karnay- surnay sa’dolari jo’rligida davra ochilishi boshlandi.

 

Ijodkorlar Uyishmasi Badiiy Ko’rgazmalar Direktsiyasi “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot ”yiliga bag’ishlanadi

 

So’ngra davrani ochib berish uchun O’zbekiston Badiiy Akademiyasining faxriy akademigi Nuriddinov Akmal Vahobovich (Akmal Nur)ga so’z berildi. Festivalda besh kun mobaynida mahorat –darslari, liboslar namoyishi va rassomlar bilan uchrashuvlar bo’lib o’tishi va bu jarayonda hammamizni festivalda faol qatnashishga chorladi.

 

So’ng davraga yaponiyalik vakil  Ito Nabunagi taklif etildi, ular o’z nutqida O’zbekiston va Yaponiyaning har tomonlama hamkorligini,o’zbek san’atiga o’zgacha mehri borligi hamda O’zbekistonda yaratilgan shart- sharoitlar to’laqonli ekanini hurmat bilan so’zladi.

 

Tadbirga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida “Lazgi raqs ansambl”i, taniqli san’atkorlar ham qatnashdilar, ular kelgan mehmonlarni o’z kuy-qo’shiqlari bilan xushnud etdilar. So’ngra “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ning Bayroq ko’tarish marosimi ham bo’lib o’tdi.

 

Mazkur festival  Markaziy Ko’rgazmalar Zalida bo’lishi, O’zbekistonning yetakchi rassomlari bilan bir qatorda Kamoliddin Behzod nomidagi “Miliy rassomlik va dizayn” instituti hamda Toshkent Arxitektura-qurilish instituti talabalarining turli janrda ishlangan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik asarlari va instlyatsiyalari  namoyish etilgan.

 

An’anaga aylanib borayotgan bu ko’rgazmaning o’ziga xosligi, turli xorijiy davlatlarning ishtrokidir. Bu yilgi festivalda Indoneziya Respublikasi, Bangladesh Xalq Respublikasi, Falastin Respublikasi, Pokiston Islom  Respublikasi, Ukraina, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya rassomlarining asarlari qatnashmoqda. Har bir qatnashchi davlat, o’zining turmush tarzi va an’analarini namoyon qiluvchi san’at asarlari bilan ishtirok etmoqdalar. Masalan, Bangladesh, Ukraina o’zlarining amaliy san’at asarlarini, Indoneziya o’zining bir qarashda sodda, nafis, shu bilan birga konstruktsiyasi murakkab bo’lgan, tomoshabinlarni o’ziga jalb qila oladigan musiqa asboblari va amaliy san’at asarlarini olib kelganlar. Falastin va Pokiston Respublikalari  fotokamera orqali bizni o’z tabiati va madaniyatlari bilan tanishtiradi. Xitoy akvarel texnikasi bo’yicha maktablarga sodiqliklarini namoyish etgan holda yuqori mahoratlarini ko’rsatib bera olganlar.

 

Festival so’ngida  har yilgidek ko’plab nominatsiyalar bo’yicha, xususan: “Eng yaxshi o’qtuvchi”; “Eng yaxshi mahorat- darsi”; “Eng yaxshi rassom”; “Eng yaxshi haykaltarosh” va boshqa yo’nalishlar bo’yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tishi ta’kidlandi.

 

 “Tasviriy va amaliy san’at festivali” Markaziy Ko’rgazmalar Zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Kamoliddin Behzod memorial –bog’I, O’zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, O’zbekiston Davlat San’at muzeyi, Yosh tomoshabinlar teatri va Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda respublikamizning barcha viloyatlarida o’tkazilishi haqida ma’lumotlar berishdi.

 

Ko’rgazmaga tashrif buyurganlar uchun nafaqat rassom o’qituvchilarning ijodi bilan tanishibgina qolmay, Markaziy Ko’rgazmalar Zalining bog’ zonasida turli o’quv muassasalari o’quvchilarining ijodlaridan bahramand bo’ladilar.

 

Dildora Bozorova

I-bosqich talabasi 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Апрель 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter