“Tasviriy  va amaliy san’at festivali”

“Tasviriy  va amaliy san’at festivali”

 

19.04.2017 y.  San’at haftaligi doirasida o’tkazilayotgan ko’rgazmalar, namoyishlar, tadbirlar  soni ortib bormoqda. Shu o’rinda  festivalda “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati faol qatnashib kelmoqda. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati tomonidan tashkil etilgan tadbir bo’lib o’tdi.

 

“Tasviriy  va amaliy san’at festivali”

 

Bu tadbir mehribonlik uylari bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Tadbirdan maqsad, eng avvalo, yoshlarda san’atga bo’lgan mehrni uyg’otish bo’lsa, yana ularga bayramona kayfiyat ulashish edi. Tadbirda Kamolot a’zolari hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

 

   Bolalar Mahorat darslari hamda qiziqarli ko’ngilochar o’yinlar hamda san’at haftaligi doirasida o’tkazilayotgan ko’rgazmalar bilan tanishtirildi.  Bolalar ko’zidagi quvonch, ularning bilimga chanqoqligi, barcha faol talaba yoshlarni yanada shijoatliroq bo’lishga undadi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Mehribonlik uyi bolalari bilan hamkorlikda o’tkazilgan bunday tadbir yildan yilga an’anaga aylanmoqda.   

 

105-sonli Mehribonlik uyidan kelgan mehmonlar ko’plab sovg’alar va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ramzi tushirilgan hamda bolalarning hohish istaklariga binoan ijodkor talabalarimiz tomonidan chizilgan  futbolkalar bilan taqdirlandilar. Bolalarga mahorat darslarida yasagan amaliy san’at asarlari esdalik uchun sovg’a qilib berildi.

 

Dildora Bozorova

 I-bosqich talabasi

                                                                                    

 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Апрель 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter