9- MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN ISLOM  KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI

 

  9- MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN ISLOM  KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI

 

Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, muhtaram birinchi Prezidentimiz tomonidan boshlangan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.

 

  9- MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN ISLOM  KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI

 

9- may Xotira va qadrlash bayrami munosabati bilan butun respublikamiz miqyosida ko’plab tadbirlar, davra suhbatlari  o’tkazilmoqda. Shu tadbirlar sirasida institut San’atshunoslik fakulteti 2- bosqich talabasi Temirov Anvar tomonidan Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan 112-241- maktablarida hamda institutning “Dizayn” va “San’atshunoslik” fakultetlarida “Tinchlik va mustaqillik me’mori” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

 

  9- MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MUNOSABATI BILAN ISLOM  KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI

 

Suhbat davomida Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog‘ida ekanligini, beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashashi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani ta’kidlab o’tildi.

 

Bugungi kundagi mamlakatimizdagi katta o’zgarishlarga sababchi bo’lgan inson, muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimovning mustaqillik hamda tinchlik sohasida amalga oshirgan ishlari yodga olindi. U insonning har bir yurtdoshlarimiz qalbida o’chmas iz qoldirganligi va abadiy xotirasi mudom saqlanib qolishi ta’kidlab o’tildi.

 

Anvar  Temirov

2- bosqich talabasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Август 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter