Shukur boboning shukronasi

 

“1941 yilning yozi haliyam esimda... Dala ishlar qizigandan - qizigan palla edi, bolam. Bir necha kundan  so`ng urush boshlanishi kimning ham hayoliga kelibdi, deysiz”, - Shukur bobo ko`zlarini yumib olgancha hikoyasini boshladi...

 

“Nihoyat fashistlarga qarshi urushga otlandik! Necha ming-minglab navqiron yigitlardan tuzilgan harbiy batalonimiz fashist bosqinchilariga qarshi  Ukraina maydonlariga jang qilishga ketish uchun shay edi.

 

Ayovsiz janglar, qirg`inbarot urushlar bir tomonda yerni larzaga keltirayotgan pulemyot va tanklarning ovozi urushning sovuq nafasi  bilan  dahshat solardi  ” ...

Men esa, Shukur boboning hikoyalarini tinglab, ko`z oldimga nimalar kelmadi  deysiz.

 

Otaxon va uning safdoshlari jasoratiga tahsin o`qirdik. Hech narsadan tap tortmay, jangga kirgan o`zbek yigitlarining ilk kunlaridanoq jon-jahdi bilan yovga tashlanishi  jasorat bo`lmay nima?!

 

Ikkinchi jahon urushining og`ir damlarini boshidan kechirgan Shukur bobo 1919 yil 12-may kuni Toshrabot kolxozidagi dehqon oilasida  tavallud topgan.

Ayni paytda 98 yoshni qarshilagan otaxon Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Xo`ja Hasan QFYga qarashli “Oqrabot” mahallasida istiqomat qiladi. Otaxon 7 nafar farzandning padari buzrukvori. Nevara, evara, chevaralarning ardog`ida yashash baxti nasb etgan Shukur bobo har damda ularning ham ko`nglini olishga oshiqadi. 

 

Bundayin dorilomon kunlarga yetguncha turmushning baland-past yo`llarida u kishiga yelkadosh bo`lgan rahmatli O`g`iloy ayaning  ham  xizmatlari  beqiyos. Aya qariyb 70 yil ota bilan turmushning issiq-sovug`iga sherik bo`lgan.

 

Umrining yarmidan ko`pini qishloq xo`jaligiga bag`ishlagan otaxon urush damlari haqidagi hikoyalarini davom ettirar ekan:

 

- “Eh, o`sha og`ir kunlarni hech kimga ravo ko`rmagan bo`lardim. Qirg`inbarot janglar hozirgacha yuragimni o`rtaydi. Kimdir dushmanni yer tishlatmoqda, kimdir urushda asir tushgan, yana kimdir bu yorug` dunyoga, osmonga so`ngi bor nazar solgancha aziz jonidan ayrilmoqda ...

 

Urushning og`ir damlarini eslaganing sayin shukronalik hissi dilimda  tug`yon ura boshlaydi! Shukurkim, yurtimiz tinch va osuda. Ammo, dunyoning  olis  mamlakatlaridagi qirg`inbarot  urushlar  davom  etayotgani haqidagi xabarlar yuragimizni o`rtaydi!

 

O`zbekistonimizda esa har kunimiz bayramlarga ulashmoqda. Miltiq  ovozlari o`rniga kulgu hayqiriq yangrayotir! Ilohim, shu kunlar bardavom bo`lsin. Yurtboshimiz sog`-omon  bo`lsinlar”!

 

Shukur ota suhbatimiz  so`ngida o`zi bilan frontga otlanib, urushdan qaytib kelmagan quroldosh do`stlari haqida ham ezilib so`zlaydi.

Ha, otaxonning quroldosh do`stlarining ko`pchiligi jang maydonlarida qolib ketdi. Lekin ular qalbimizda hamisha barhayot. Shukur boboni mahalla ahli “Kapitan bobo” deya ulug`lashadi.

 

“Otaxon keksa bo`lishiga qaramay mahalladagi faollarimizdan biridir. U  kishi bilan bir mahallada istiqomat qilish – yuksak baxt. Ilohim, umrlari bundanda ziyoda bo`lsin”, – deydi g`urur bilan mahalla raisi B.Karimov.

 

Otaning nevara-yu chevralari deyarli har kuni boboning yonlarida girdi kapalak. Bobo ham ular bilan suhbatlashishdan tolmaydi.

“Go`daklar bilan suhbatlashib o`zimni yengil his etaman”, deydi otaxon. Otaxonga sog`lik - salomatlik tilab, qaytar chog`imiz yaqinlashib kelayotgan tavvallud ayyomlari bilan yana bir bor qutlab qo`ydik.

 

Otaxon va u kishi bilan bir safda turib yurt uchun, xalq uchun xizmat qilgan  fidoyilar doimo hurmat va izzatga loyiq. Ana shu yo`lda dunyodan o`tganlarning yodi esa qalbimizga chuqur muhrlangan.

 

Zero, xalqning ozodligi va farovonligi yo`lida qilingan ezgu ishlar, ko`rsatilgan jasorat mangulikka daxldordir...

 

Fayozjon QOSIMOV

1-bosqich talabasi 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Август 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter