Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Osmoni musaffo yurtimizda yoshi ulug’ insonlar doimo yuksak e’tiborga loyiq ko’rib kelingan. Buning namunasini yurtimizda har yili keng miqyosda alohida kun sifatida o’tkazib kelinadigan 9-may Xotira va qadrlash kuni misolida ko’rishimiz mumkin.

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Mana shu kun munosabati bilan 5-6-may kunlari institutning Kamolot YIH BT a’zoligidagi Dizayn fakulteti talabalari tomonidan “9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan hayriya aktsiyasi” tashkil etildi. Mazkur aktsiyada xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan nishon hamda bilak bog’ich ko’rinishidagi ramziy tasmalar aktsiyada ishtirok etgan barcha o’qituvchi va talabalarga tarqatildi hamda ishtirokchilar tomonidan hayriya qilingan pullar hayriya qutisiga to’plandi. Aktsiyada fakultetning deyarli barcha jamoasi ko’tarinki ruhda, mamnuniyat bilan ishtirok etishdi.

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Mazkur tadbir yakuniga yetgach hayriya qutisi tashkilotchilar tomonidan talabalar guvohligida ochildi. Ikki kun davom etgan aktsiyadan to’plangan pullar Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani Nur mahallasida istiqomat qiluvchi yolg’iz keksalar ziyoratlari uchun sovg’alar shaklida o’z egalariga topshirildi.

Tashkil etilgan ushbu aktsiya tashkilotchi talabalar kutganlaridek yakun topdi va ularda mana shunday tadbirlarni o’tkazishga bo’lgan ishtiyoqlarini yana ham oshirib yubordi.

 

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

Talaba yoshlarning nuroniy keksalarga ehtiromi

 

 

 

 

 

 

 

Shohsanam Boychiboyeva

1-bosqich talabasi

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Май 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter