«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

13-may kuni poytaxtimizda joylashgan City Palace mehmonxonasining yozgi maydonida Mirobod Elit, Crystal Garden, Roison, Nestle, Musa korxonalari hamda Kamolot YIH homiyligidagi “Времячудес” deb nomlangan 16-hayriya yarmarkasi bo’lib o’tdi. 14 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan mazkur yarmarka bu yili imkoniyati cheklangan bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o’quvchilaridan tashkil topgan 25ga yaqin tashkilotning 2000 mingga yaqin bolalari uchun tashkil etildi. Yarmarkada turli mahorat darslari hamda bolalar tomonidan yasalgan turli hunarmandchilik va amaliy san’at asarlari savdosi ham bo’lib o’tdi.

 

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

  

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

Mana shu yarmarkada har doimgidek institutning Dizayn fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarimizning bir guruhi ham o’zlarining mahorat darslari bilan ishtirok etishdi hamda tadbirda ishtirok etayotgan bolajonlarga quvonch ulashishdi. Yarmarkada talabalar “body art”, ”xnada naqsh tushirish” va bolajonlar bilan birgalikda “tasviriy san’at”dan mahorat darslarini o’tkazdilar. Bundan tashqari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan tadbir doirasida tadbirga homiylik ko’rsatayotgan tashkilotlar tomonidan turli sovg’alar ulashildi.

 

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

Tadbir davomida turli hil o’yinlar ham bo’lib o’tdi va talabalarimiz bu o’yinlarda ham faol bo’lib barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashishga o’z hissalarini qo’shishdi. Yana tadbir doirasida taniqli o’zbek estrada yulduzlarining chiqishlari ham tadbir qatnashchilari e’tiboriga havola qilindi.

Yarmarka talabalarimiz va boshqa barcha qatnashchilar uchun juda esda qolarli darajada bo’lib o’tdi va talabalarimizning sohalariga bo’lgan ishtiyoqlarini yana ham oshirib yubordi.

    

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

«VREMYA CHUDES» YARMARKASI

 

Shohsanam Boychiboyeva

 Institut Dizayn fakulteti

Kamolot YoIH

 Matbuot yo’nalishi sardori

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Май 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter