Interyer dizaynerlarining “Nurli kelajak” nomli ko’rgazmasi 

 

Interyer dizaynerlarining “Nurli kelajak” nomli ko’rgazmasi 

 

Hozirgi kunda yoshlarimizga yaratilgan imkoniyatlar ko’lami juda keng. Buni yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroklarida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 10 iyul sanasida institutning Dizayn fakulteti, “Dizayn” kafedrasida tahsil oluvchi talabalar o’zlarining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag’ishlangan “Nurli kelajak” nomli ijodiy asarlari ko’rgazmasini tashkil etdilar.

 

Interyer dizaynerlarining “Nurli kelajak” nomli ko’rgazmasi 

 

Ko’rgazma O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Hiroyama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida tashkil etildi va uning ochilish marosimida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zolari, institut mutaxassis o’qituvchilari, talabalar, ularning ota-onalari, tadbir mehmonlari va ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etdilar.

 

Interyer dizaynerlarining “Nurli kelajak” nomli ko’rgazmasi 

 

Mazkur ko’rgazmada “Dizayn” kafedrasi 20 nafar talabalarining 60 dan oshiq ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan talabalar tomonidan yaratilgan bolalar maydonchasi va vitrinalar maketlari, bundan tashqari anturaj texnikasida ishlangan ijodiy ishlar, rang doirasi ichida yaratilgan turli kompozitsiyalar, husnixat darslaridan saboq olgan holda yaratilgan husnixat kompozitsiyalari kabi asarlar o’rin oldi.

 

Interyer dizaynerlarining “Nurli kelajak” nomli ko’rgazmasi 

 

Ochilish marosimida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova, fakultet dekani Ravshan Norchayev hamda fakultetning mutaxassislik fani o’qituvchilari va iqtidorli talabalari so’zga chiqishdi va ko’rgazma tashkilotchilari, qatnashuvchilari borasida iliq fikrlarni bildirib o’tishdi. Bundan tashqari, ilk  bora tashkil etilgan mana shu ko’rgazmani endi an’anaga aylantirgan holda har yili tashkil etish taklifini kiritib o’tishdi.

 

Interyer dizaynerlarining “Nurli kelajak” nomli ko’rgazmasi 

 

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, institut talabalari tashkillashtirilgan mazkur ko’rgazmalari orqali bugungi davr yoshlariga yaratilgan juda keng ko’lamli imkoniyatlarga o’zlarining kamtarona minnatdorchiliklarini izhor e’tishni maqsad qildilar va bunga erisha oldilar. Ulardagi vatan taqdiriga beparvo emaslik tuyg’usini keng ommaga ko’rsatib berdilar.

 

Shuningdek,  bunday ko’rgazmalar albatta hali ko’plab davom etishiga ishonch hosil qildik.

 

Shohsanam Boychiboyeva

talaba

 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Август 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter