Оқсаройга ташриф

Оқсаройга ташриф

 

    

Bugun 06.02.2018 kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn Instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi B. Ma’rufboyev  boshchiligida San’atshunoslik fakultetining Muzeyshunoslik  va San’atshunoslik yonalishi 2-bosqich talabalari O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag’ishlab 2018-yil 27-yanvar kuni Oqsaroy qarorgohi hududida tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdik.

 

Оқсаройга ташриф

 

Talabalar majmuada dastlab, ushbu Oqsaroy qarorgohi 2004-yildan buyon O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning asosiy ish joylaridan biri sanalganligi, mazkur saroyda Islom Karimov chet ellik yuksak martabali mehmonlarni qabul qilganligi bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldilar.  

 

2018 yilda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ushbu qarorgoh muzey sifatida tashkil etildi.  Mazkur muzey ikkita:

 

-katta zal va kichik zaldan tashkil topgan.

 

Katta zalda biz o’z ishining mahoratli ustalari bo’lgan rassom va haykaltaroshlarning ishlarini ko’rishimiz munkin.  Shunday, asarlardan biri bu: J.Annazarov tomonidan ishlangan “I.Karimov haykali”nomli asar. Bu asar 2017-yili ishlangan. Shuningdek, taniqli musavvir B. Jalalovning “Buyuk yo’l”nomli qismli asarlari mavjud.

 

 Bu asar 2014-yili Islom Karimov buyurtmasi asosida ishlangan “Buyuk yo’l” nomli asarning “Sevgidan baland sevgi yo’q” nomli qismdir.

U matoga akril bo’yoqlari yordamida ishlangan bo’lib, uning o’lchami 160x150 sm.ni tashkil etadi. Ushbu asarda muallif birinchi planda Islom Karimov va Tat’yana Karimovalarni tasvirlagan bo’lsa, ikkinchi planda go’zal bahor tabiatini va undagi go’zallikning ramzi bo’lgan tog’larni, daryoni, qushlarni erkin parvozini tasvirlaydi.

 

Kichik zalda esa Islom Karimovning yoshligidan to umrining oxrigacha  bo’lgan foto lavhalarni va ulkan ekranli manitorda Islom Karimovning hayotiga oid bo’lgan sur’atlar va video lavhalar namoish etib turiladi. Ushbu zaldagi foto lavhalarda Karimovning har jabhadagi faolyatini ko’rishimiz va u bilan yaqindan tanishishimiz munkin. Masalan, paxta terimda daladagi ish faolyati, shoirlar bilan uchrashuvi va boshqa shu kabi lavhalarni talabalar tomosho qildilar.

 

Shuningdek, biz muzeyda shu kabi barcha kolleksiyalarni tomosha qilish bilan birgalikda o’qtuchimiz boshchiligida Islom Karimov muzeyi bilan yaqindan tanishdik va o’zimiznini qizqtirgan ma’lumotlarga ega bo’ldik. Shuningdek, estalik uchun sur’atlarga tushdik.

 

Оқсаройга ташриф

 

Muzeyshunoslik  yonalishi 2-bosqich talabasi

Hayitboeva Ziyoda

 

 

 

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Июль 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter