Haftalik va xayriya tadbirlari

Haftalik va xayriya tadbirlari

 

 


Har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan va besh kun davomida o`z faoliyatini olib boradigan “Tasviriy va amaliy san’at festivali” va O`zbekiston chet el vakolatxonalari madaniyat haftaligi ushbu 2018 – yil – Faol tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni qo`llab quvvatlash yilida ham 17 – aprel sanasida o`z faoliyatini boshladi. Festival doirasida xorijiy va o`zbek ijodkorlarining ko`rgazmalari, maxorat darslari, turli zamonaviy badiiy ta’lim rivojiga bag`ishlangan anjumanlar, O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar Uyushmasi tassarufidagi K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari va o`qituvchilarining an’anaviy liboslar namoyishi, Respublika rassomlik kolleji va Respublika dizayn kolleji o`quvchilarining zamonaviy va an’anaviy liboslar namoyishilari, “Kamoliddin Bexzod izdoshlari” ko`rik – tanlovini o`tkazish kabilar rejalashtirilgan.

Haftalik va xayriya tadbirlari

 


Festivalni ochib berishdan avval an’anaga aylangan Kamoliddin Bexzod haykali poyiga gulchambarlar qo`yish marosimi bo`lib o`tdi. Shundan so`ng ochilish marosimi har galgidek Markaziy ko`rgazmalar zalida o`tkazildi va festival Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Akmal Nur boshchiligida ochib berildi.

Haftalik va xayriya tadbirlari

 


Hozirda o`z faoliyatini olib borayotgan festival doirasida Milliy akademik teatr aktyorlari ijrosida turli saxna ko`rinishlari ochiq sahnada namoyish etib kelinmoqda.

Haftalik va xayriya tadbirlari

 


Bundan tashqari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun turli xayriya tadbirlari o`tkizilmoqda.

 

Haftalik va xayriya tadbirlari

 


Jumladan, Respublika dizayn kollejining xayriya aksiyasi, haftalikning 2 – kunida K.Behzod nomidagi MRDIning Yoshlar Ittifoqi BT hamda Tasviriy san’at va amaliy san’at fakultetlarining birgalikdagi xayriya tadbirlari va 3 – kunida esa Dizayn fakulteti talabalaridan tashkil topgan “Добрые Дизайнеры” nomli jamoasi bolalarga atalgan xayriya tadbirini ko`tarinki ruhda tashkil etdilar. Xayriya tadbiri doirasida bolalar uchun futbolkaga trafaret va bosma usulida tasvir tushurish, kviling, vitraj, chig`anoq va urug`lardan amaliy ishlar va aerozolli bo`yoqlarda surat ishlash kabi yo`nalishlarda bolalar bilan birgalikda maxorat darslari o`tkazildi va tayyorlangan ishlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg`a tariqasida taqdim etildi. Ko`tarinki ruhda olib borilgan ushbu xayriya tadbiri doirasida Dizayn fakultetining talabalari va bolalar ishtirokida raqslar ham namoyish etildi va ijodkorlar va bolalardan tashkil topgan “jonli paravoz” Markaziy ko`rgazmalar zalining atrofi bo`ylab sayr qildi. Talabalar san’at bayramini bolalarning chinakam maroqli bayramiga aylantirib yuborishdi.

 

Haftalik va xayriya tadbirlari

 


Besh kun davom etadigan ushbu festivaldan hali bundanda zavqli namoyishlar o`rin olgan va 21- aprel sanasida festivalning taqdirlash va yopilish marosimlari bo`lib o`tadi.

 

Haftalik va xayriya tadbirlari

 


Shohsanam Boychiboyeva
Institut Yoshlar Ittifoqi BT
Dizayn fakulteti Matbuot kotibi

Bosh ruknlar

Taqvim

«    Июль 2018    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Talabalar ijodidan

  • Институтда иқтидорли магистр ва бакалавр талабалари ўртасида инглиз тилида ўтказилган “Youth’s look to Аrt” номли илмий-амалий анжуман
  • Талабалар турар жойида “Талабалар оқшоми” тадбири доирасида ўтказилган “Art-терапия ва аукцион” мавзусида ўтказилган тадбир
  • “Талабалар фестивали” доирасида бўлиб ўтган тадбирлар бўйича

Institut gazetasi

Flag Counter