Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-mart kuni o’tkazgan videosellektor yig’ilishlarida “Yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha eng muhim 5ta tashabbus”larini ilgari surgan edilar. Shundan so’ng bu tashabbuslar keng jamoatchilik tomonidan juda qizg’in kutib olindi. Ayniqsa, yoshlar bu tashabbuslar orqali o’zimkoniyatlarini yanada kengroq namoyon etish imkonini qo’lga kiritdi. Bu 5 ta tashabbusning amaliy ijrosi bugungi yoshlarga oid siyosatning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Hozirda har bir tashkilot, har bir muassasa bu tashabbuslar bo’yicha amaliy harakatlar olib bormoqda. Bu borada oliy ta’lim muassalarining o’rni alohida. Chunki oliy ta’lim ta’lim muassasalarining asosini, aynan, yoshlar tashkil etadi.
Bu 5 ta tashabbusning amaliy ijrosi borasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2019-yil 16-oktabrda “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida o’tkazilgan talabalar festivali ham shular jumlasidandir. Bu festival 5 ta tashabbus doirasida talaba yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni yana bir bor namoyon qildi.
Festivalda 5ta tashabbusning har biriga alohida tayyorgarlik ko’rildi va har bir tashabbus bo’yicha talaba yoshlarning yutuqlari namoyish etildi. Festival dastlab “Dastgohli kitob grafikasi” yo’nalishi 2- bosqich talabasi Ibragimova Zulfiyaning “Go’zallik bu…” (Кросото это…) deb nomlangan ko’rgazmasi bilan ochildi. Bu ko’rgazma inson va tabiat uyg’unligini yana bir bor aks ettirdi. Muallif yurtimiz manzaralarini yaproqlar orqali tasvirlagani tomoshabinlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Shundan so’ng talaba yoshlar jahon darajasidagi ustozlaridan maxsus mahorat darslari olish uchun institut hovlisiga yig’ildilar. Bu mahorat darslari mahobatli rang tasvir kafedrasi o’qituvchisi, mahobatli rang tasvirchi rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Alisher Aliqulov, teatr bezagi rang- tasviri kafedrasi dotsenti Ulug’bek Ne’matov, Mehnat shuhrati ordeni sohibi, OAK dotsenti Asliddin Kalonov, O’zbekiston san’at arbobi Muhamadiyor Toshmurodovlar O’zbekiston xalq rassomi Yigitali Tursunnazarov tomonidan olib borildi. Bu mahorat darslari yosh ijodkorlarning kelgusi faoliyati uchun ulkan tajriba bo’lib xizmat qilishi shubhasiz. Mahorat darslarining yana bir ahamiyatli tomoni bugungi kun san’ati uchun ham muhim bo’lgan ustoz shogird ananasining namoyon bo’lganligidadir.

Azal azaldan kitob insoniyatning ma’naviy hayotida yuksak o’ringa ega bo’lgan. Bu tendensiya, hatto, bugungi globallashuv davrida ham ahamiyatini yo’qotmadi, balki yanada dolzarb masalaga aylandi. Bugungi kunda, ayniqsa yoshlarimizning kitobga bo’lgan munosabatini yuksaltirish va kitobxonlik darajasini oshirish kun tartibidagi masalalardan biriga aylandi. Buni har yili ananaviy tarzda o’tkazilayotgan “Yosh kitobxon” Respublika ko’rik tanlovidan ham bilish mumkin. Shuningdek Prezidentimizning 5 ta tashabbuslarida kitobxonlik alohida e’tirof etildi. Shundan kelib chiqib bu festival dasturida kitob va kitobxonlikka jiddiy e’tibor qaratildi. Dastlab kitoblarning ko’rgazmali savdosi tashkil etildi. Bu yerda yoshlar o’zlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishish va yoqqanlarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, festivali doirasida “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovi Respublika bosqichi g’olibasi Shohsanam Xolboyeva ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Ucharashuv erkin muloqot tarzida o’tib unda dastlab “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovi g’olibasi bu yutuqqa qanday erishgani, bu yo’lda uchragan qiyinchiliklar ularni yengib o’tish uchun bo’lgan motivatsiyalar haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng uchrashuv ishtirokchilari Shohsanam Xolboyevaga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Tadbir davomida yoshlarning kitobga va kitobxonlikka bo’lgan qiziqishi yana bir bor namoyon bo’ldi.

Bugungi kunda sport yurtimiz yoshlarining eng sevimli mashg’ulotlaridan biriga aylandi. Buni yurtimiz sportchilarining jahon arenalarida qo’lga kiritgan yutuqlaridan ham bilish mumkin. Institutimiz talabalarining ham sportga bo’lgan qiziqishlari a’lo darajada ekanligini sport majmuasida bo’lib o’tgan sport musobaqalari yana bir bor ko’rsatdi. Bu musobaqada talabalar sportning voleybol, stol tenisi, shaxmat-shashka yo’nalishida o’z mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqaning fakultetlar aro voleybol musobaqasida “Amaliy san’at” fakultetining yosh voleybolchilar jamoasi g’olib bo’ldi. Shaxmat-shashka yo’nalishida esa Zoirov Behzod mutloq g’olibga aylandi. Musobaqalar do’stlik ruhida, ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. Musobaqaning g’olib va sovrindorlari institutimiz rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Bugungi globallashuv asrida globallashuvning asosini, hech shubhasiz, internet va kompyuter texnologiyalari tashkil etadi. Dunyo miqyosidagi muloqotning asosiy vositasiga aylangan internet bugun har bir insonning hayotiga kirib keldi. Hozirgi kunda internet tezligi davlatlarning dunyodagi imidjlariga ta’sir o’tkazmoqda. Bunday jarayondan O’zbekiston ham chetta qolmasligi tabbiiy. bugungi kunda bu borada ham yetarlicha amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda. “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida o’tkazilgan talabalar festivali doirasida bu masalaga ham e’tibor qaratildi. Buning natijasi o’laroq, Jasur Jumayev va Serik Pirmatov tomonidan kompyuter savodxonligi bo’yicha mahorat darslari o’tkazildi. Bu darslarda kompyuter texnologiyalarining bizga noma’lum imkoniyatlari va qiziqarli tomonlariga e’tibor qaratildi. Mahorat darslarida qatnashgan talabalar kompyuter texnologiyalarining yangi imkoniyatlarini o’zlari uchun kashf etishdi
Tadbirkorlik faoliyati jamiyatning rivojlanishida eng muhim bo’g’indir. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning tarraqqiy etishi jamiyatning tarraqqiy etishi bilan bog’liq. Hozirgi kunda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasidagi masaladir. Bu o’rinda ayol tadbirkorlarga ko’rsatilayotgan e’tibor, ayniqsa, kishini hayratlantiradi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbusning beshinchisi aynan ushbu masalani e’tirof etgan. Shularni hisobga olgan holda bugungi festivalda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi talaba qizlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Bu yarmarkada hozirgi kunda o’z tadbirkorlik faoliyatlarini yo’lga qo’ygan, shu bilan birga o’z tengqurlarini ham ish bilan ta’minlayotgan talaba-qizlar o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini tadbir qatnashchilariga namayon etdi. Institutimiz talabalari Murodillayeva Mohira, Islomova Setora, To’lqinova Ziyoda, Abdujabborova Shahrizoda, Xotamova Madina, Mansurxonova Ominaxon. G’anijonova Dilnoza va Tajiddinova Oygul bu yarmarkaning faol qatnashchilariga aylanishdi
Sunday qilib, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida o’tkazilgan talabalar festivali talabalarning yuqori darajadagi faolliklari ostida o’tdi. Festival o’zining asosiy maqsadi – 5 tashabbus besh imkoniyat ekanligini yana bir bor keng jamoatchilikka ko’rsatib bera oldi