O’zbekiston Respulikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019-yil 15-yanvarda tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora tadbirlar dasturi»ning 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida »O’zbekiston – millatlar aro totuvlik va diniy bag’ri kenglik yurti» mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi Shuhrat To’xtiyev , Mirobod tuman bosh imom xatibi Xolmurodov Odil, Yakkasaroy tumani «Rahimjon hoji ota» masjidi bosh imom xatibi Maxsudov Bahrom va Davlat xavfsizlik xizmati hodimlari shuningdek institut rahbariyati va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir mehmonlari dastlab yig’ilganlarga bugungi kunda davlatimiz tomonidan diniy bag’ri kenglik borasida olib borayotgan siyosat va diniy fundamentalistlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so’ng tadbir savol-javob tarzida davom etdi. Unda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.