Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan chora tadbirlar yuzasidan hududlarda ish olib borayotgan respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida samarali faoliyat olib bormoqda

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari topshirig’iga asosan o’tkazilayotgan uchrashuv va yig’ilishlar Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida bo’lib o’tdi. Tumandagi yoshlarning hayoti,  ta’lim jarayonlari hamda yosh avlod kamoli yo’lida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullayev hamda Madaniyat vaziri o’rinbosari Umidjon Qo’qonboyevlar tanishdilar.

                Tadbirning asosiy qismi tumanda joylashga “Sharq yulduzi” madaniyat markazida bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda taniqli san’atkorlar va so’z ustalari ham ishtirok etib yosh avlodga hamda tuman o’qituvchi murabbiylariga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar. Shundan so’ng Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Badiiy kulolchilik va yodgorliklar bezagini ta’mirlash” va “Miniatura va kitob grafikasi ” kafedrasi professor- o’qituvchilari Komil Siddiqov, Ulug’bek Abduvahobov, Azizbek Soliyevlarning tumandagi iqtidorli o’quvchilar uchun maxsus mahorat darslari o’tkazildi. Ushbu tadbirda to’rt yuzdan ortiq ishtirokchi qatnashdi .


Shundan so’ng Madaniyat markazi binosida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan tumandagi yosh iqtidor egalari uchun rassomlar  tanlovi o’tkazildi. Tanlovda bevosita ishtirok etgan institut rektori Nodirbek Sayfullayev tanlovda ishtirok etgan ijodkorlarning mahoratini yuksak baholadi hamda hakamlar hay’at tomonidan saralangan ijodkorlarga o’zlarining esdalik sovg’alarini taqdim etdilar.

Mazkur tanlov yosh umidli rassomlar uchun yana bir mahorat maktabi bo’ldi.