O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O’zekistonim, mangu bo’lomon!” shiori ostida Respublika talaba-yoshlar festivali bo’lib o’tmoqda. Bu festival talaba-yoshlarning 5 ta muhim tashabbus doirasida o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ularning barkamol shaxs bo’lib, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlari hamda o’zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxasisi bo’lib yetishishlariga ko’maklashish maqsadida tashkil etildi.
Bu festivalda Respublikamizning ko’plab oliy o’quv yurtlari qatorida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, ular tomonidan tashkil etilgan liboslar ko’rgazmasi yig’ilganlarning e’tirofiga sazovor bo’lmoqda.