O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbusning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidgi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Tasviriy san’at” fakulteti talabalari Toshkent Shahrida joylashgan Singapur menejmentni rivojlantirish institutida o’zlarining rassomchilik ko’rgazmalarini hamda tengqur talabalar uchun maxsus mahorat darslarini tashkil qildilar.

Bu tadbirda talaba yoshlarning o’zaro hamkorligi qanchalik muhimligi yana bir bor namoyon bo’ldi. Aslini olganda san’at va menejment bir biridan uzoq soha bo’lib tuyulishi mumkin, lekin ushbu ko’rgazmali tadbir shuni yana bir bor isbotladiki, san’at har qanday insonning qalbida yashaydi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar bunday hamkorlikning muhim ekanligini ta’kidlab, kelgusida ham bu hamkorlikni davom etishiga umid bildirdilar.