
Bektemir tumanining Madaniyat markazida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o’ttiz yilligiga bag’ishlab katta davlat tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir Respublikka Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan tashkil etildi. Tadbirda institutimizning “Tasviriy san’at”, hamda “Amaliy san’at” fakulteti talabalari hamda o’qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Har ikkala fakultet tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmada namoyish etilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari barchaga xush kayfiyat ulashdi.


O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o’ttiz yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan bunday fayzli tadbirlar davom etmoqda