O’zbek tiliga bo’lgan chuqur hurmat bugun hammaning yuragida jo’sh urmoqda. Buni butun yurtimiz bo’ylab bugun ertalabdan o’tkazilayotgan tadbirlar ham namoyon etmoqda. Bu tadbirlarda har bir Vatandoshimiz tilimizga bo’lgan mehrini turli ko’rinishda taqdim etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Til – millat ko’zgusi” nomi ostida bo’lib o’tdi.

Bu tadbir institutning “Dizayn” fakulteti tomonidan tashkil etildi. Unda talabalar tilimizga bo’lgan hurmatlarini o’zlarining milliy asarlarimiz asosida ishlangan ijod ijod namunalari orqali namoyon etdilar.

Ayniqsa, “Reklama va amaliy grafika” kafedrasi talabalarining Alisher Navoiy, Muhammad Yusuf va ularning asarlariga bag’ishlab ishlagan maxsus illustiratsiyalari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.