Qadrli yurtdoshlar, sizlarni O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bilan chin yurakdan tabriklaymiz!!! O’zbek tili bizning g’ururimiz, shanimiz va boyligimizdir. Xalqimiz shu kungacha qo’lga kiritgan yutuqlarning son sanog’i yo’q. ana o’sha yutuqlarning eng zalvorlilari qatorida, hech shubhasiz, milliy tilimizni e’tirof etsak bo’ladi. Bu til Navoiyning «Xamsa»sidagi butun insoniyatning ma’naviy boyligiga aylangan hikmatli dostonlar va go’zal ishq ta’riflarini o’zida jamlagan, bu tilda jahon tarixida munosib iz qoldira olgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning sog’inchli g’azallari, buyuk memuar asari bo’lmish «Boburnoma» asarlari bitilgan, bu tilda o’zbek millatining haqiqiy farzandi, milliy romanchiligimiz asoschisi Abdulla Qodiriy o’zining betakror «O’tkan kunlar»ini bitgan. Bu tilda bobolarimiz «Alpomish» aytgan, momolarimiz «Alla» aytgan. Bu tilni qadrlash har birimizning Vatanimiz, Xalqimiz oldidagi burchimizdir!!! Yana bir bor O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bilan chin yurakdan tabriklaymiz!!!
Hurmat bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati.