Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbusning ijrosi bugungi kunda har bir yurtdoshimizning sharafli vazifasiga aylandi. Bu nafaqat davlat tashkilotlarida balki talabalar hayotida ham ko’zga tashlanmoqda. Talabalarimiz tomonidan ham 5 ta eng muhim tashabbus doirasida turli tadbirlar tashkil etish ananaga aylanib ulgurdi.

Shunday tadbirlardan biri 19-oktabr kuni Namangan viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining «Tasviriy san’at» fakulteti «Xattotlik va miniatura» yo’nalishi ikkinchi bosqich talabasi Axmadaliyeva Nilufar tomonidan tashkil etildi.

Talaba o’zi tahsil olgan ushbu ta’lim muassasasida yosh avlod qalbida miniatura san’atiga bo’lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish maqsadida yosh o’quvchilarga maxsus mahorat darslari tashkil etdi hamda hozirgi kunda o’zi tahsil olayotgan ustozlaridan o’rganganlarini yosh izdoshlari bilan bo’lishdi.