Ma’lumki, barcha fanlar dastlab falsafa deb yuritilgan, shuning uchun ham falsafa barcha fanlarning otasidir deyiladi. San’at va falsafa doimo o’zaro bir birini to’ldirib takomillashtirib kelgan. Shuning uchun ham Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ancha yillardan buyon “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi qoshida “Faylasuflar” klubi faoliyat yuritib kelmoqda. Bu klub a’zolari tez tez yig’ilib, o’zlarining falsafa san’at umuman bugungi aktual mavzular haqida fikr almashib turadilar. Bugun ham ushbu klub a’zolari “G’oyalar – koinot singari cheksizdir ” nomi ostida tadbir tashkil etdilar. Tadbir Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbus doirasida bo’lib o’tdi. Tadbir musiqiy chiqish bilan boshlandi, shundan so’ng klub a’zolari Sebastyan Brantning “Ahmoqlar kemasi” asarini tahlil qildilar.



Bu asarda bugungi kun uchun ham muhim bo’lgan beparvolik illati teran chizgilarda yoritilgani barchaning e’tiborini tortdi.

Talablar shuningdek aktyorlik mahoratida ham yetuk ekanliklarini namoyish etdilar. Abdulla Qahhorning “Anor hikoyasi asosida sahnalashtirilgan ko’rinish ayniqsa yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir talabalarning jonli ijrodagi “Bolasisan O’zbekistonni” qo’shig’i bilan yakunlandi. Bu tadbirda klub sardori Nigina Abdurazzaqova faol tarzda ishtirok etgani uchun “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi tomonidan esdalik sovg’a bilan taqdirlandi. Tadbirni tashkil etishda “Tasviriy san’at” fakulteti yaqindan ko’maklashdi