Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbusning amaliy ijrosi borasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ko’plab amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Ma’lumki, 5 ta eng muhim tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish hisoblanadi. Ana shu maqsadni ko’zlab «Tasviriy san’at» fakulteti «Miniatura va kitob grafikasi kafedrasi» dotsenti Erkin Nurmonov Yunusobod tumanidagi 258-umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab yoshidagi bolalarga mo’ljallangan «Tasviriy san’at» tugaragini tashkil etdi.

Tugarak qatnashchilari ustozdan muntazam ravishda tasviriy san’at sirlarini o’rganib borish bilan birga o’zlarining atrof muhitga nisbatan estetik qarashlarini ham shakllantirib borishmoqda. Yil yakunida to’garak qatnashchilari o’zlarining birinchi ko’rgazmalarini tashkil etishlari rejalashtiriligan.