“Zulfiya” davlat mukofotining Mirobod tuman bosqichi g’oliblari

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn istituti ton ma’noda iste’dodlar makonidir. Buni “Zulfiya” davlat mukofotining Mirobod tuman bosqichi ham yaqqol isbotlab berdi. Bu bosqichda bizning institutimizda tahsil olayotgan bir nechta talaba-qizlar faol ishtirok etdilar.



Ular o’z iste’dodlari bilan hay’at a’zolarining e’tiborini qozondilar. Ayniqsa, Adabiyot yo’nalishi bo’yicha tanlovda ishtirok etayotgan “San’atshunoslik” fakulteti, “San’atshunoslik” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Umrzoqova Mahliyo hamda San’at yo’nalishida ishtirok etayotgan “Tasviriy san’at” fakulteti,”Dastgohli rang tasvir” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Toshtemirova Farangizlar tanlovda barchada iliq taassurot qoldirdilar hamda o’z yo’nalishlarida keyingi shahar bosqichga yo’l oldilar.

Institutimiz jamoasi nomidan bugungi g’oliblarni tabriklab, ularga shahar va Respublika bosqichida ham omadlar tilab qolamiz!