Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor chora tadbirlar yuzasidan hududlarda ish olib borayotgan Respublika Ishchi guruh Andijon viloyatida tobora keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshirig’iga asosan Madaniyat vazirligi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan joriy yilning 23-oktabr kuni Buloqboshi tumanidagi 4-umumta’lim maktabida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.



Unda Andijon viloyatining ko’zga ko’ringan san’atkorlari ishtirok etib maktab jamoasi va mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi, Shuningdek mazkur maktab o’quvchilari ishtirokidashe’riyat kechasi tashkil etilib, o’quvchilar yig’ilganlarga o’zlari sevgan she’rlardan namunalar o’qib berishdi.

Bu tadbirni bevosita 400 nafarga yaqin ustozlar va o’quvchilar kuzatish imkoniga ega bo’ldilar. Bundan tashqari tadbir doirasida Buloqboshi tumanining 4-6 sonli umumta’lim maktablarining 11-sinf o’quvchilari uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullayev tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Bu tadbirlar tuman ahli uchun munosib sovg’a bo’lmoqda.