
Bugungi kunda mamakatimizda bo'layotgan islohotlar barcha soha uchun birdek ahamiyatli. Hozirgi davrni keng islohotlar davri deb atash mumkin. Har bir sohada bo'lgani kabi bugun Oliy ta'lim sohasida ham jadal o'zgarishlar olib borilmoqda. Ma'lumki, 2019-yil 8-oktabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasida Oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, Oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida "Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya" si e'lon qilindi. Bu konsepsiyani, avvalo, ushbu soha vakillari chuqur anglab, unda belgilangan vazifalarni bajarilishida o'z hissalarini qo'shishlari lozim. Shuning uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ushbu konsepsiyaning ahamiyatini o'qituvchilar o'rtasida yanada kengroq tushuntirish maqsadida tizimli ishlar yo'lga qo'yildi. Bu vazifa institutimizning "Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta'lim" kafedrasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Kafedra o'qituvchilari o'z hamkasblari uchun bu konsepsiyaning masad-vazifalari, mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglatish maqsadida seminar-trenenglar tashkil etishdi. Bu treninglar barcha fakultetlar doirasida o'tkazildi.
