Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbus doirasida bugungi kunda ko’plab samarali tadbirlar tashkil etish ananaga aylandi. Shunday tadbirlardan biri bugun Chirchiq davlat pedagokika institutida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ushbu tadbirda O’zbekiston xalq rassomlari R.A Xudayberganov va Ch. Bemirovlar ishtirok etib Chirchiq davlat pedagokika instituti talabalariga tasviriy san’atdan maxsus mahorat darslari o’tib berdilar.




Bundan tashqari ushbu ikki rassom ishtirokida davra suhbati ham tashkil etilib unda talabalar tasviriy san’at bo’yicha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.