O’zbeklarda  “ bir bolaga yeti mahalla ota-ona” degan ibratli maqol bor. Bu shuni anglatadiki, har bir farzand ota-onasidan tashqari millatning ham farzandidir. Bu maqol bizning Oliyy ta’lim muassasalarida ham amal qiladi. Bizning Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham har bir talabaga  ta’lim berish bilan birga ularning yashash sharoiti, muhiti, dunyoqarashi bilan ham qiziqish muhim hisoblanadi. Bu yerda talabalar darsdan bo’sh vaqtini qanday sharoitlarda o’tkazayotgani alohida nazoratga olingan.

Ma’lumki, talabalar sharoitdan kelib chiqib, o’z uyida, yaqin qarindoshlarining uyida, talabalar turar joyida yoki ijara asosida xonadonlarda istiqomat qilishi mumkin. Bunda ijara asosida turadigan talabalarning holidan xabar olish , ayniqsa, muhim hisoblanadi. Chunki ular darslardan bo’sh vaqtlarida na ota-onasi,na yaqin qarindoshlari va instituti nazoratida bo’ladi. Shuning institutimizda ijarada turuvchi talabalar holidan xabar olish ananasi mavjud. Ushbu ananani buzmagan holda bugun “Tasviriy san’at” fakulteti jamoasi ham o’z fakultetlarining ijarada turuvchi talabalari bilan ularning istiqomat qilayotgan xonadonlarida uchrashuvlar o’tkazib, ularning yashash sharoitlari va yashash joylari bilan yaqindan tanishdilar.

Bu fakultetda 459 nafar talaba tahsil olsa shulardan 149-nafari ijara uylarda istiqomat qiladi. Bu talabalarning har biri bilan alohida ishlar olib borilib,  har birining ahvoli to’liq nazorat qilib borilmoqda.