Jahon tarixida davlat boshqaruvi yozilgan asarlar juda ko’p, ammo ularning sanoqlilarigina nom qozongan. Mashhur siyosiy asarlardan biri bu – shubhasiz, Nikolo Makiavellining “Hukmdor” asaridir. Bu asar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Shuning uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar, pedogogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta eng muhim tashabbus ijrosi yuzasidan tashkil etilgan “Siyosiy ta’limotlar tarixi: kecha va bugun” deb, nomlangan tadbirda aynan ushbu asarga murojaat qilindi.

Bu tadbirda “San’atshunoslik” fakulteti, “San’at tanqidi” yo’nalishi 1-bosqich talabalari hamda 2-bosqich “San’atshunoslik” yo’nalishi talabalari tomonidan “Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixidan” rukni ostida Nikolo Makiavellining “Hukmdor” asaridan parchalar sahnalashtirildi.

Bu sahna ko’rinishlarida talabalar asar motivlari asosida bugungi kun fuqаrolik jamiyati qurilishidagi muhim masalarga nazar tashladilar.

Shuningdek tadbir davomida kafedraning professor-o’qituvchilari tadbir ishtirokchilarini, jumladan, talabalarni 2019-yil 22-dekabr kuni yurtimizda bo’lib o’tadigan muhim siyosiy jaroyon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirdilar.