O’zbekistonda  Britanya Kengashining  hunarmandchilik va amaliy san’atni qo’llab quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha “Crafting Futures” nomli dasturi ish boshladi. Ma’lumki, Crafting Futures dasturi butun jahon bo’ylab hunarmandchilik va amaliy san’atni rivojlanishiga ko’maklashadi. Britaniya Kengashining ushbu dasturi bilim va tajriba almashuvi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda imkoniyatlarni kengaytirishni ko’zda tutadi. Bu dastur doirasidagi loyihalar tadqiqot ishlarini, hamkorlik faoliyati va tashkilotlarning ta’lim yo’nalishidaigi tadbirlari orqali ustalarning xalqaro darajada tajriba almashuvi va malaka oshirishiga qaratilgan. Hozirgi kunda dastur Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Lotin Amerikasida bir necha yillar mobaynida amalga oshirillib kelmoqda. 2019-yilda Britaniya Kengashi dasturni O’zbekistan, Qozog’iston, Qig’iziston,Gruziya, Armaniston, Ozarbayjonda yuritadi. Dastur maqsadlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi. 

Dastur doirasida bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Buyuk Britaniyaning Lester Universiteti vakillari Kuinnn Martin hamda Alan Eshton-Smit tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrifni institutimizning “Badiiy kulolchilik” ustaxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

Shundan so’ng institut rektori Nodirbek Sayfullayev mehmonlar bilan  shaxsan uchrashuv o’tkazdi Bu uchrashuv ko’tarinki do’stona ruhda o’tib unda “Crafting Futures” dasturi doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining o’rni va ahamiyati yana bir bor e’tirof etildi. Mehmonlar Badiiy kulolchilik hamda libos dizayni sohalarida institutda olib borilayotgan ishlar yuzasidan qiziqish bildirishdi hamda hamkorlikda loyiha ishlab chiqish rejalashtirildi.

Mehmonlarga institut faoliyati, ta’lim yo’nalishlari haqida ma’lumot berildi. Kelgusi rejalar muhokama etildi hamda bu dastur doirasida yana ko’plab tadbirlar va amaliy ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.