She’riyat necha ming yillardan beri insoniyatning tuyg’ularini nafis chizgilarda aks ettirib kelmoqda. Tarixdan ma’lumki, shoirlar doimo jamiyatning eng lg’or shaxslari sifatida e’tirof etilgan. Bugun ham o’zbek xalqi o’zining shoir-u shoiralarini qadrlab ularga ehtirom ko’rsatib kelmoqda.

Ana shu ehtiromning bir ko’rinishi o’laroq bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida institutning xotin qizlar boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda taniqli shoira Gulbahor Jumayeva bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalar shoiraning ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Eng yaxshi she’rlaridan namunalar tingladilar.  O’z navbatida talabalar ham o’zlarining ijodlarini ustozlari ko’rigidan o’tkazish imkoniga ega bo’ldilar.