Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida institutning Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda “IDlogic kompaniyasi bosh direktori Sergey Nikulin bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarsiz hayotimizni tasavvur qilib bo’lmaydi. Texnik yangiliklar joriy etilmagan soha qolmadi. Kutubxona sohasi ham bundan mustasno emas. Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida institutning Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda “IDlogic kompaniyasi bosh direktori Sergey Nikulin bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumki, ushbu kompaniya kutubxonalarni kompleksli avtomatlashtirish bilan shug’ullanadi. Uchrashuvda Sergey Nikulin o’zining kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari, texnologik imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Bugungi zamonaviy Axborot resurs markazi qanday faoliyat yuritishi kerakligi haqida o’z fikrlarini bayon etdi.

Shundan so’ng institut hodimlari mehmonga kompaniya faoliyati to’g’risidagi savollar bilan murojaat etishdi.

Ushbu uchrashuv kelajakda institutning Axborot resurs markazini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi degan umiddamiz.