O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining Anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Kengashining navbatdagi 3-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengashni institut rektori Nodirbek Sayfullayev kirish so’zi bilan ochib berdi hamda “San’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa” PhD doktori unvonini olgan “San’atshunoslik” fakulteti dekani Botir Sangirovga doktorlik diplomini tantanali ravishda topshirdi. Shundan so’ng Kengash o’z ishini boshladi.  Kun tartibida institut bilan bevosita aloqador bo’lgan 15 ta masala ko’rib chiqildi. Har bir masala bo’yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi hamda Kengash a’zolari o’z fikrlarini bayon etishdi.

Kengash kun tartibining har bir masalasi Kengash a’zolari tomonidan diqqat bilan o’rganildi. Xususan: Kengash kun tartibining 6-masalasi “17.00.06- “Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarini konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash” ixtisosligi bo’yicha 1-bosqich izlanuvchilari C. G’aniyeva va V. Fayziyevalarning doktorlik dissertatsiya mavzularini qaytadan tasdiqlash to’g’risida. 17.00.04 “Tasviriy va amaliy bezak san’ati” ixtisosligi bo’yicha 1-bosqich mustaqil izlanuvchisi X. Hayitboyeva, 3-bosqich mustaqil izlanuvchisi F. Erkaboyevaning 17.00.07-“Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik” ixtisosligi bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari yuzasidan olib borilgan ishlari to’g’risida 3 oylik hisobotlari” bo’ldi. Bu masala yuzasidan akademiklar, Kengash a’zolari, soha mutaxasislari o’z fikr mulohazalarini bildirishdi. Kengash a’zosi, Madaniyat vaziri o’rinbosari Kamola Akilova bugungi kun muzeyshunosligining ahamiyati haqida fikrlarini bildirdilar hamda izlanuvchilarga qaysi yo’nalishlarga e’tibor qaratish va dissertatsiyani qaysi rakursdan yoritish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, 8-masala “Reyting indikatorlari bo’yicha “Tasviriy san’at “ fakulteti tarkibidagi kafedralarning ko’rsatkichlarini tahlil etish, attestatsiya jarayonida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan masalalar to’g’risida” edi. Bu masala ham kengash a’zolarining qizg’in bahs munozaralariga sabab bo’ldi. Bu masala bo’yicha ishchi guruh tuzish va  tegishli taklif tayyorlashga qaror qilindi. Qolgan masalalar yuzasidan  ham mana shunday qizg’in bahslar- munozaralar   asosida Kengash qarori chiqarildi.

 Kengash so’ngida umumiy xulosa chiqarildi hamda keyingi Kengash sanasi e’lon qilindi. Bu Kengashda ko’rib chiqilgan masalar shuni anglatadiki, Institutning har bir a’zosi  Institutning rivoji uchun mas’uldir. Rektorimiz Nodirbek Sayfullayev ta’kidlaganlaridek: “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti –  bu katta bir oila”.