Ijodkorning eng katta baxti bu ijodining odamlar orasida e’tibor qozonishi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ijodkor oylar yillar mobaynida ustaxonasida ijod qiladi, ammo bu ijod mahsuliga haqiqiy bahoni, albatta, tomoshibin beradi. Bugun ham Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida institutning iste’dodli talabalaridan biri “Tasviriy san’at” fakulteti “Teatr bezagi rang-tasviri” yo’nalishi 2-bosqichida talabasi Alimova Rushana o’z ijodini tomoshabinlar va ustozlari ko’rigidan o’tkazish maqsadida “Ikki poytaxt (Две столицы)” deb nomlangan o’z shaxsiy ko’rgazmasini tashkil etdi.

Ko’rgazmani kirish so’zi bilan “Teatr bezagi rang-tasviri” kafedrasi professori, O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Baxtiyor Nazarov ochib berdilar. Shundan so’ng so’zga Alimova Rushananing ustozi bu ko’rgazmaga bevosita ilhomlantirgan Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi katta o’qituvchisi Fadiyeva Tatyana chiqdi. Ustoz shogirdini bugungi hayajonli kuni tabriklab kelajakdagi ijodiga omadlar tiladi

. Shuningdek institutimiz rahbariyati ijodkorning bugungi ishini yuqori baholab unga tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alarini taqdim etdilar. Shuning bilan ko’rgazma ochiq deb e’lon qilindi.

Ko’rgazmadagi asarlarga nazar tashlar ekansiz ikki qadimiy shahar ko’z o’ngingizda boshqa rakursdan namoyon bo’ladi. Ijodkor oq-qora ranglar orqali ham shaharning jozibasini, go’zalligini tasvirlay olgani uning mahoratida dalolat beradi.
