MENING ARMIYAM MENING FAXRIM


                                                                  Tinchlik, hotirjamlik-ezgu tushuncha,

                                                                 Shaksiz, yaratganning inoyati- bu.

                                                                   Va ayni paytda qanchadan-qancha,

                                                                        Bedor nigohlarning sharofati- bu.

         Hammamizga ayonki, ota-bobolarimiz, buvalarimiz qachon qayerda bo’lmasin, duoga qo’l ochib avvalo tinchlik bo’lsin, omonlik bo’lsin, deb niyat qiladi. Yaratgandan shuni so’raydi. Bu ikki so’z el-yurtimizning dili-tiliga, yurak-yuragiga singib, hayot mazmunimizga aylangan. Boshimiz uzra charaqlab turgan oftob va  musaffo osmonimiz, bizning ulkan baxtimiz, tinchlik osoyishtalik belgisidir. Albatta, ana shunday beg’ubor osmon ostida shukronalik tuyg’usi bilan yashayotgan xalqimiz, bunday baxtni, bunday quvonchni birgalikda baham ko’rishni istaydi. Ana shu yo’lda avvalo tinchlik-hotirjamlik, o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlik barcha erishib kelayotgan yutuqlarimizning yaqqol belgisi bo’lmoqda. Biz yoshlar kimlarning avlodi ekanligimizni anglab, ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallayotgan o’g’il-qizlarmiz. 

     Zero, tinchlik bo’lgan joyda yuksalish bo’ladi. Biz tarixdan shuni anglashimiz kerakki, tinchlik uchun jonini fido qilgan ota-bobolarimiz hurmati ularning chekkan zahmati uchun ham biz kelajakni  yangi bosqinchlarga ko’tarib, kelajak egalariga bobolarimiz kabi o’rnak bo’lishimiz kerak.

       Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz-xalqimizning ishonchli va mustahkam qalqonidir. Shuning uchun biz hozirgi kunda harbiy kadrlarning jangovor qobiliyati va tayyorgarligi bilan birga vatanparvarlik tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratyapmiz. Ya’ni har bir askar va serjantda, generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va g’urur kuchli bo’lishi kerak”. Sababi milliy ruh- bu yengilmas kuch. Milliy ruh kuchli bo’lsa, iroda, jangovor salohiyat ham yuqori bo’ladi. Ming shukurki yurtimiz tinch, osmonimiz musoffo. Bu kunlarga yetishimizda bobolarimizning qanchadan- qancha mashaqqatli mehnatini anglagan xolda  biz ham o’z hissamizni qo’shishimiz lozim. Shuningdek, kelajak avlodga ham yetkazishimiz darkor. Men baralla ovozda aytamanki, shunday tinch, osuda zaminda yashayotganimdan faxrlanaman.

    Yuragida Vatan tuyg’usi bo’lgan har bir askar yurti, ota-onasi, yor-u, do’stini asrab-avaylash uchun kerak bo’lsa jonini fido qilishga tayyor. Shuning uchun ham biz askarlarga bo’lgan cheksiz hurmatimizni faxr-iftihor ila aytamiz.

    “Armiya – xalqimizning mustahkam qalqoni. General bo‘lish har bir harbiy xizmatchining muqaddas orzusi. Sizlarni ana shunday yuksak unvonga erishganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Lekin shuni doim yodda tutishimiz kerakki, harbiy xizmatda va davlat boshqaruvida bundan ham yuqori martaba, bundan ham oliy unvon bor. Bu — xalqimiz, Vatanimizning ishonchiga, o‘z muqaddas burchiga doimo sodiq va munosib bo‘lishdir”, — dedi yutboshimiz Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig’lishida.  Haqiqatan ham bu so’zda qancha ma’no-mazmun bor. Sababi, xalqimiz, albatta, mard-jasur o’g’lonlarimizni qo’llab-quvvatlar ekan, ularga ishonar ekan, demak ularda ham ya’nada shijoat va jasorat uyg’onadi. Zero, xalqimizning ishonchi harbiylarimiz uchun eng oliy lavozimni hadya etadi. Kelajakda harbiy bo‘lishni orzu qiladigan yoshlarimiz muqaddas Vatan uchun mas’uliyat tuyg‘usini shu harbiylarimizdan o’rganadi, ularga o’xshashga harakat qiladi va kelajakda tanlagan yo’lini har qanday mashaqqatli tomonini ko’rsa ham aslo chekinmaydi, yengillmaydi. Chunki O’zbekiston farzandi, kimlarning avlodidanmiz? Mardligi dunyoni titratgan, jasur bobolarmiz avlodi ekanligini his qilgan holda mustahkam armiyamizning mard o’g’loni bo’lib, o’z oilasi, mehribon ota-onasi hamda el-yurtimizning ishonchi, g‘amxo‘rligi va e’tiborida bo’ladi. Ya’ni yurtboshimiz aytganlaridek xalqimiz hurmatiga sazovor bo’ladi.

  Vatanimiz himoyasi haqiqatan ham sodiq va mard, fidoyi insonlar qo‘lida ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Mana bu yil O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligiga 28 yil bo’ldi. Davlatimizning kuch-qudratini, harbiy salohiyati va mudofaa darajasini uning armiyasi belgilaydi. Qalbga g‘urur, tinch va osoyishta hayotga surur, baxsh etadigan armiyamiz bu- bizning faxrimizdir. Chegaralarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo’lida ma’suliyatli kasbni tanlagan harbiyalarimizdan biz ham o’rnak olib, ularning fidokorona mehnati yo’lidan borishimiz lozim.

  Vatanimiz bayrog’i hilpirab turishi, tinch, farovon hayotimiz, bolalarning yuzidagi tabassumi, kulgulari, bobolarimiz va momolarimizning shukronalari, Yutboshimizning va Vatanimizning asl mardlari, jasur o’g’lonlari sababli shunday osuda kunlarni ko’rmoqdamiz. Har bir o’g’il bola vatanimiz oldidagi farzandlik burchini sidqidildan bajarishi shart va zarur. Yosh o’spirin yigitlar qalbida “Men ham askar bo’laman!”, degan faxrli tuyg’uning shakllanishi yurtimizga bo’lgan ishonch va sadoqat  tuyg’usini ifodalaydi. Vatanimizning har bir qarich yeri aziz. Uni asrab avaylash er-yigitning farzandlik burchidir.  Vatanning bir siqim tuprog’i uchun o’zini fido qila oladigan o’g’lonlar borligi hammamizni beixtiyor quvontiradi.

Saburova Yangiljon Ikrom qizi. Amaliy san’at fakulteti, “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” yo’nalishi 1 bosqich talabasi.