Vatan-inson tug`ilgan muqaddas zamin.Vatan deganda ota-onalarimiz, avlod-ajdodlarimiz kindik qoni to`kilgan ona yerni tushunamiz.Vatan tushunchasi va unga bo`lgan muhabbat insonga ona suti,ona bag`ri,ona mehr-muhabbati,ona allasi bilan yuragiga jo bo`ladi.

 Vatanni qalban chuqur his qilish uchun xalqning vatanparvarlik na`munalarini bilish, uni e`zozlash, qadriga yetish, mustahkamlash kerak.Mana shu tuyg`ular,mana shu go`zal insoniy oliy fazilatlar bugungi erkin kunimiz uchun haqiqiy vatanparvarlik namunasidir.Vatan millat idroki bilan mavjuddir, ya`ni millat Vatanning ustunidir.Faqatgina shu zaminda yashagani uchun emas,balki uni sharaflagani,shuhratga burkagani va ona yerni Vatan bilgani ham unga uyg`undir.

   Vatan tuyg`usi –  bu o`z xalqini sevish,u bilan faxrlanish,uni hurmat qilish va qadriga yetish deganidir.Vatan tuyg`usi – bu shu aziz yurtni o`zining halol peshona teri bilan obod etgan ajdodlarimizni doimo eslamoq demakdir.Vatan tuyg`usi-bu o`z aqli,idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan xissa qo`shgan vatandosh buyuk allomalarimiz,mutafakkirlarimiz,xadis va tasavvuf ilmining sultonlarini unutmaslik demakdir.Vatan tuyg`usi-bu ona Vatanimiz ozodligi yo`lida shaxid bo`lgan buyuk ajdodlarimizni yodda tutish demakdir.Vatan tuyg`usi-bu aziz va go`zal yurtimizda yuksak e`tiqod bilan yashash va unga xamisha chin farzand bo`lish demakdir.Ana shunday tuyg`u,hislarga ega bo`lgan inson o`z Vatanini sevmasligi,undan yiroqda bo`lganida uni qo`msamasligi mumkin emas.

Jamiyatni rivojlantirish va davlatni mustahkamlashda milliy g`oyaning o`rni beqiyos.Zotan,bugun eng qudratli deya e`tirof etiladigan AQSH,Angliya,Germaniya,Xitoy,Rossiya,Turkiya,Yaponiya kabi davlatlar siyosati ham milliy g`oya ustiga qurilgan.Shu asnoda,Prezidentimiz bugungi kunda eng global darajaga olib chiqayotgan vatanparvarlik,avvalo,oiladan,maktabdan,qolaversa,biz har kuni muomala qiladigan tildan ozuqa oladi.

Vatanni xalqsiz tasavvur qilish qiyin.Vatanimizni mustaqillikka erishuvida eng muhimi,eng asosiysi-xalqimiz o`zining sabru-matonatini,donishmandligu bag`rikenglikni,mehnatsevarlik fazilati va bunyodkorlik qudratini,begilangan maqsad sari avvalo o`z kuchi va salohiyatiga tayangan holda qatiyat bilan borishga qodir ekanini butun dunyoga namoyon etdi.Vatanparvarlikni yoshlarga singdirishda ma`naviyat,axloq-odob,ma`rifat kabi o`lmas qadriyatlarga suyanmoq kerak. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida hamisha e`zozlab kelgan. Bizning muqaddas dinimiz ham, butun Sharq falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug`lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotining  eng muhim shartlari deb bilgan.

   Biz ana shu g`oyalarni, qadriyatlarni chuqur anglasak, eng muhimi amaliy harakatimizda namoyon qilolsakkina Vatanga sodiq farzand bo`lishimiz mumkin.Vatan  esa ona singari aziz va tanhodir. U bizning ilk va so`nggi aytar so`zimizdir.

Dizayn fakulteti, “Kasb ta’limi: Libos va gazlamalarning badiiy yechimi” yo’nalishi ikkinchi bosqich Xusniddinova Sevara