Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida magistrlarning onlayn himoyasi boʼlib oʼtdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida magistrlarning onlayn himoyasi boʼlib oʼtdi. Mazkur himoyalarda magistrantlarning dissertatsiyalari hamda mavzu yuzasidan yaratgan ijodiy ishlari Oʼzbekiston Badiiy Аkademiyasi akademigi, professor Baxodir Jalolov raisligidagi professor-oʼqituvchilar tomonidan sinchiklab oʼrganildi hamda baholandi.

Bugungi himoyalarda 17 nafar magistrant Kino va telefilьmning tasviriy yechimi, Mulьtfilьm va kompьyuter mulьtiplikatsiyasi, Tasviriy va amaliy bezak sanʼati (turlari boʼyicha), Mahobatli rangtasvir, Dastgohli rangtasvir, Xattotlik va miniatyura magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari Аlisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari asosida badiiy kompozitsion loyiha yaratish va novatorlik, Orxan Pamukning “Bokiralik muzeyi” romani asosida filьmning tasviriy yechimidagi obrazlarni ishlab chiqish, Platon “Te etet” poemasiga asosan bir necha turkumli mualliflik filьm badiiy asarlarini shakllantirish, Oʼzbek animatsiya sanʼatida tarixiy shaxs obrazining tasviriy yechimi masalalari, Oʼzbek animatsiyasida fantastik yoʼnalishida yaratilgan asarlarning tasviriy yechimi, Аrxitekturada tasviriy va amaliy bezak sanʼati yechimining tahlili, Dam olish maskanlarida mahobatli rangtasvir asarining badiiy yechimi, Oʼzbekiston rangtasvirida sanʼatkor obrazi talqini (“Maʼruf Otajonov” portreti rangtasvir asari misolida), Mumtoz va zamonaviy ijodkorlar asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur timsolining talqini, Mumtoz va zamonaviy ijodkorlar asarlarida Аlisher Navoiy obrazi va boshqa mavzularda magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi.

Himoyada bevosita ishtirok etgan institut rektori Nodirbek Sayfullayev birinchi navbatda bugun oʼz dissertatsiyalarini himoya qilayotgan magistrantlarga omad tiladi. Shu bilan birga bu yilgi himoyalar karantin choralari sababli onlayn tarzda oʼtkazilayotgani barcha uchun yangilik boʼlganini, shunda ham talabalarning talab darajasida ishtirok etayotganligi hamda himoyalar sifatli tashkil etilganligini alohida taʼkidlab, barchaga bu borada amalga oshirilgan ishlar uchun oʼz minnatdorchiligini bildirib oʼtdi. Shuningdek, bevosita himoyalarga toʼxtalib, bugungi magistrantlarni baholashda faqat ijodkorlik xususiyati tomondan emas, balki boʼlajak pedagog kadr sifatida ham baholash kerakligini, dissertatsiyalarni ijodiy tomoni bilan bir qatorda ilmiy tomoniga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligini takidlab oʼtdi.

Bugungi himoyalarda magistrantlar tomonidan ishlangan ishlarga nazar solar ekansiz, ularning qoʼrqmasdan ekspriment qila olayotgani yaqqol koʼzga tashlanadi. Talabalar oʼz ijodiy ishlarida bir qadar erkin tarzda oʼz fikrlarini ifodalashga intilgan. Ayrim oʼrinlarda esa janrlarni uygʼunlashtirishga ham harakat qilingani seziladi. Bu esa magistrantlar uchun juda muhim jihat hisoblanadi. Chunki ularning aksariyati kelajakda pedagog sifatida shakllanadi. Ushbu ishda tajriba muhim rol oʼynaydi.

Himoya soʼngida oʼz xulosalarini bildirar ekan, Baxodir Jalolov, barcha magistrantlarga kelgusi faoliyatlarida omad tiladi. Shuningdek, yurtimiz sanʼatida ijodiy jarayonlar qizgʼin kechayotligini taʼkidlab, yoshlarni ushbu jarayonlarga dadil kirib borishga chorladi.