Poytaxtimizda joylashgan Navro’z istirohat bog’ida Navro’z ayyomiga bag’ishlab o’tkazilgan tanatanalar doirasida talaba-yoshlar o’rtasida maxsus tanlov tashkil etildi.

Poytaxtimizda joylashgan Navro’z istirohat bog’ida Navro’z ayyomiga bag’ishlab o’tkazilgan tanatanalar doirasida talaba-yoshlar o’rtasida maxsus tanlov tashkil etildi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar tomonidan shu yerning o’zida bog’ manzarasi chizildi.

Unda Tasviriy san’at fakulteti o’qituvchilari Umar Rajabov hamda Alisher Hamdamov boshchiligidagi talabalar ishtirok etib faxrli o’rinlarga sazovor bo’lishdi.