Tasviriy san’at fakulteti birinchi va ikkinchi bosqich talabalarining Yakuniy nazorat kо‘riklari ham о‘ziga xos qizg‘in muhokamalarga boy tarzda bо‘lib о‘tdi.

Endigina institut ostonasiga qadam qо‘yib, san’at sir-asrorlarini mukammal о‘rganishni boshlagan hamda oliy ta’lim dargohidagi о‘ziga xos talablarni о‘zlashtirayotgan yoshlarni ijodiga baho berish alohida yondoshuvni talab etadi. О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, О‘zbekiston xalq rassomi, professor Bahodir Jalolov boshchiligidagi komissiya a’zolari birinchi navbatda talabalarning rang va ashyolarni his etish darajasiga, darsga va topshiriqlarga bо‘lgan munosabatiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, ularga ta’lim berayotgan ustozlariga ham talabalarning qaysi jihatlarini rivojlantirish, yutuq va kamchiliklari ustida ishlashlari uchun zarur bо‘lgan maslahatlar ham berildi.