Tasviriy san’at fakultetida tahsil olayotgan 134 nafar 3-bosqich talabalarining Yakuniy nazorat kо‘riklari о‘tkazildi.

Mazkur kо‘riklarda bevosita ishtirok etgan institut rektori Abbosjon Mirzorahimov bugun о‘z ijodiy imkoniyatini ustozlari kо‘rigidan о‘tkazayotgan talabalarning har bir ijodiy ishi ilmiy-ijodiy va davr talabini hisobga olgan holda tahlil etilishi va baholanishi, shuningdek, bu ishlar bevosita amaliyot bilan bog‘lanishi  lozimligini ta’kidlab, talaba-yoshlarning ijodiga baho berar ekan, har bir yо‘nalishdan eng iste’dodli talabalarni rag‘batlantirish taklifini berdi. Shuningdek, professor-о‘qituvchilar bilan ham muloqot chog‘ida xususan, ushbu ijodiy ishlarni fondini tashkil etish va saqlash borasida ham fikr almashildi. 

Ijodiy ishlarga baho berish doimo murakkab vazifa. Chunki unga turli rakurslardan yondoshish mumkin. Ammo Tasviriy san’at fakultetida О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori Alisher Aliqulov boshchiligidagi komissiya a’zolari bugun  talabalarning ijodiy ishlariga baho berishda san’at qoidalari va adolat yuzasidan yondoshishdi. Shuningdek, institut rahbariyati professor-о‘qituvchilar bilan yakuniy nazorat kо‘riklari, о‘quv jarayonlarini atroflicha muhokama qildi.