10-iyun О‘zbekiston xalq rassomi, professor Rustam Xudayberganov  tavallud topgan kun.

О‘zbekiston xalq rassomi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori Rustam Xudayberganov  tavallud topgan kun munosabati bilan institutning О‘quv ishlari bо‘yicha prorektori Hasan Qaytarov, Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov hamda Mahobatli rangtasvir kafedrasi mudiri Ilhom Halilovlar ustozni samimiy muborakbod etishdi hamda institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning samimiy tabrigi, ezgu tilaklari hamda diplom va esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.

 Xudayberganov Rustam Adambayevich – 1946 yilda Xorazm viloyatida tavallud topgan. О‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. «Mahobatli rangtasvir» kafedrasi professori. 2003 yil О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, 2013 yil О‘zbekiston Xalq rassomi unvonlariga sazovor bо‘lgan. Nankin universiteti faxriy professori. Rustam Xudayberganov uzoq yillardan buyon institutda faoliyat yuritib, kо‘plab shogirdlar tarbiyalash barobarida, samarali ijodi bilan yurtimiz tasviriy san’ati rivojiga ham beqiyos hissa qо‘shib kelmoqda. Ustoz yaratgan asarlar tasviriy san’at asari sifatida tomoshabinga estetik zavq ulashib kelayotgan bо‘lsa, u kishining о‘quv qо‘llanma va darsliklari, ilmiy maqolalari tasviriy san’atni о‘rganib kelayotgan yoshlar uchun muhim manba bо‘lib xizmat qilmoqda.

 

Institut jamoasi nomidan fidoiy ustoz, yetuk ijodkor Rustam Xudayberganovni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda uzoq umr, tinchlik-xotirjamlik va ulkan ilmiy-ijodiy zafarlar tilab qolamiz.